TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #24038 859
“ONA TILIM — FAXRIM VA G‘URURIM”

21-oktabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 37 yilligi munosabati bilan boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Innatullayev rahbarligida S.Nasafiy nomidagi kutubxona hamkorligida o‘tkazildi. Unda Faxriylar kengashi raisi hamda boshqarmaning Oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida “Ona tilim — faxrim va g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi hamda ishtirokchilarning davlat tili bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan bellashuv tashkil etildi.

Tadbir ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirish, davlat tilining nufuzini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 🔥 3
More from @qashfvb
  1. Oct 17, 2026YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI Bugun, 17-oktabr kuni Qarshi s…
  2. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yax…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →