TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.92K subscribers
Post #24029 1.08K
YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Bugun, 17-oktabr kuni Qarshi shahar FVB mas’ullari va shaxsiy tarkibi tomonidan qizil hudud hisoblangan Shayxali mahallasidagi aholi xonadonlarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, isitish moslamalari va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish holatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi vakillariga yong‘in va is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilib, tegishli tavsiyalar bildirildi.

Unutmang, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish — o‘z hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlashning muhim shartidir!

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👏 2
  • 👍 1
More from @qashfvb
  1. Oct 17, 2026“ONA TILIM — FAXRIM VA G‘URURIM” 21-oktabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘…
  2. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yax…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →