YONG‘IN XAVFSIZLIGI — E’TIBORDA
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi barcha bozor va savdo majmualarida qutqaruv texnikalarining erkin harakatlanishi, kirish-chiqish yo‘llarining holati hamda suv ta’minoti imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Asosiy maqsad — yong‘inning oldini olish, qutqaruv texnikalarining hodisa joyiga tezkor yetib borishini ta’minlash va yong‘inning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Post #23785
1.78K










- 👍 7
- 👏 1