SAF KO‘RIGI O‘TKAZILDI
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, podpolkovnik M. Ostonov tomonidan garnizondagi barcha toifalangan obyektlarda faoliyat yurituvchi qutqaruv qismlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rigi davomida shaxsiy tarkibning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimlari, saf tayyorgarligi hamda xizmatni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qutqaruv qismlarining favqulodda vaziyatlarga shayligi va belgilangan vazifalarni tezkor hamda sifatli bajarishga tayyorgarligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #23775
1.69K







- 👍 6