Yanglishilgan yakdillik eksperimenti1970-yillarning so'nggi yillarida tadqiqotchi Li Ross va uning hamkasblari kishini hayratga soluvchi ba'zi eksperimentlarni o'tkazdilar. Eksperimentlarning birida tadqiqotchilar sinaluvchilarga xayoliy nizoga munosabat bildirish tanlovini berdilar va necha kishi xuddi shunday qaror qabul qilganini hisoblab chiqishdi.
Ular ishtirokchilarning qaysi tanlovni qabul qilishlaridan qat'iy nazar, atrofdagi odamlarning aksariyat ko'pchiligi ham shunday tanlovni qabul qilishiga ishonishlariga amin bo'lishdi.
Boshqa bir izlanishda tadqiqotchilar talabalardan "Jouning tamaddixonasida tanovvul qiling." deb yozilgan reklama peshtaxtasini universititet hududida ko'tarib yurishlarini so'rashdi.
So'ngra tadqiqotchilar talabalardan atrofdagi odamlarning necha nafari reklamani egniga olishga rozilik berishi mumkinligini taxmin qilishni so'radilar.
Ular shunga guvoh bo'lishdiki, reklama logosini ko'tarib yurishga rozilik bildirgan talabalar atrofdagi insonlarning aksariyati bu reklamani ko'tarib yurishga rozi bo'lishlariga ishonishgan. Bundan bosh tortganlar esa atrofdagi insonlarning aksariyati ham rad etishini sezishgan.
Bu eksperimentlarning natijalari psixologiyada yanglishilgan yakdillik effekti sifatida ma'lum bo'lgan fenomenni namoyon etadi.
Ixloslarimiz, tanlovlarimiz yoki xulq-atvorimiz nimalardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, atrofdagi insonlarning aksariyati ham bizning fikrlarimizga qo'shilishiga va xuddi bizdek ish tutishiga ishonishga moyilmiz.
π
@getpsychedup