TGViewer
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž @pslog Β· 244 subscribers
Post #982 158
Yanglishilgan yakdillik eksperimenti

1970-yillarning so'nggi yillarida tadqiqotchi Li Ross va uning hamkasblari kishini hayratga soluvchi ba'zi eksperimentlarni o'tkazdilar. Eksperimentlarning birida tadqiqotchilar sinaluvchilarga xayoliy nizoga munosabat bildirish tanlovini berdilar va necha kishi xuddi shunday qaror qabul qilganini hisoblab chiqishdi.

Ular ishtirokchilarning qaysi tanlovni qabul qilishlaridan qat'iy nazar, atrofdagi odamlarning aksariyat ko'pchiligi ham shunday tanlovni qabul qilishiga ishonishlariga amin bo'lishdi.

Boshqa bir izlanishda tadqiqotchilar talabalardan "Jouning tamaddixonasida tanovvul qiling." deb yozilgan reklama peshtaxtasini universititet hududida ko'tarib yurishlarini so'rashdi.

So'ngra tadqiqotchilar talabalardan atrofdagi odamlarning necha nafari reklamani egniga olishga rozilik berishi mumkinligini taxmin qilishni so'radilar.

Ular shunga guvoh bo'lishdiki, reklama logosini ko'tarib yurishga rozilik bildirgan talabalar atrofdagi insonlarning aksariyati bu reklamani ko'tarib yurishga rozi bo'lishlariga ishonishgan. Bundan bosh tortganlar esa atrofdagi insonlarning aksariyati ham rad etishini sezishgan.

Bu eksperimentlarning natijalari psixologiyada yanglishilgan yakdillik effekti sifatida ma'lum bo'lgan fenomenni namoyon etadi.

Ixloslarimiz, tanlovlarimiz yoki xulq-atvorimiz nimalardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, atrofdagi insonlarning aksariyati ham bizning fikrlarimizga qo'shilishiga va xuddi bizdek ish tutishiga ishonishga moyilmiz.

πŸ” @getpsychedup
More from @pslog
  1. Oct 14, 2026Morgan Hauzel o’zining Β«Pul psixologiyasiΒ» nomli kitobida pulni Yer yuzidagi eng ajoyib sh…
  2. Oct 14, 2026Bolaligimizda soatlab rasm chizar, yangi oβ€˜yinlar oβ€˜ylab topardik. Natijasi qanday boβ€˜lish…
  3. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung oβ€˜z nazariyalarini oβ€˜zbek xalq maqollari orqali if…
  4. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan boβ€˜lsa kerak… Yozuvchining oβ€˜zi aytishicha, u bilan yax…
  5. Sep 25, 2026β€œNega menda shunaqa boΚ»lyapti?” β€œNega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” β€œMenga qachon o'r…
  6. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq β€œβ€¦
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’