"Skripkachi metroda" eksperimenti
2007-yilda taniqli skripkachi Josh Bell Vashingtondagi tirband metro stansiyalaridan birida ko'cha musiqachisi qiyofasida paydo bo'ldi.
Bell bundan hech qancha avval har bir chiptaning o'rtacha narxi 100 dollar bahosida bo'lgan konsert uyushtirgan edi.
U dunyodagi eng mashhur musiqachilardan biri va qiymati 3.5 million dollardan ziyod bo'lgan qo'lda ishlov berilgan skripkada kuy chalayotgan edi. Ammo ko'pchilik odamlar musiqani tinglash uchun to'xtash o'rniga, o'z yo'llarida shoshib borardilar.
Ahyon-ahyonda musiqani tinglash umidida to'xtagan bolalarni ota-onalari qo'llaridan tutgancha yurishda davom etishga undardilar.
Ushbu eksperiment biz go'zallikni qadrlash u yoqda tursin, atrofimizdagi go'zallik durdonalarini e'zozlashni haqiqatan ham to'xtatdikmi degan mazmunidagi bir qancha qiziqarli savollarni tug'dirdi.
π @getpsychedup
Post #978
188