TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
245
Photos
917
Videos
125
Links
372

Showing posts older than #866 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #865 152
Har tongda tafakkuringizni hayot taqdim etuvchi eng yaxshi narsalarga tayyorlang.

* Xuddi har kuni nima kiyishni tanlashingiz kabi o'ylaringizni ham tanlashni o'rganing. Bu siz rivojlantira olishingiz mumkin bo'lgan salohiyatdir. (Elizabet Gilbert)

Kun avvalida tafakkuringizni hayot taqdim etuvchi eng yaxshi narsalarga tayyorlang. Ongingizda siz minnatdor bo'lgan uch narsa haqida o'ylang va ularga ergashing. Albatta, sizni bezovta qiluvchi va tashvishlantiruvchi o'ylarga ham berilishingiz mumkin. Qaysi o'y-xayollarni egningizga kiyish tanlovi sizning qo'lingizda.

@getpsychedup
Post #864 115
Imkoniyatlarni hech qachon qo'ldan boy bermang.

Rejalaringizni amalga oshirish uchun motivatsiyani aslo yo'qotib qo'ymang.

@getpsychedup
Post #862 120
Oson bo‘lishini kutmang, sabrli bo‘ling. Qiyinchiliklar hamisha bo‘ladi. Hozirdanoq o‘zingizni baxtli his qilishni o‘rganing.

@getpsychedup
Post #861 121
Muvaffaqiyat hamisha siz ko'rayotgan narsa bo'lmaydi. 😉

@getpsychedup
Post #860 120
Hissiyotlarimizni berkitishga harakat qilamiz-u, ko'zlarimiz so'zlashini unutib qo'yamiz.

@getpsychedup
Post #859 136
U bu ishlarni har kuni qilaverish evaziga nima oladi?
Hech narsa.
Badavlatroq bo’lib qolmaydi.
Oynayi jahonda ko’rsatishmaydi.
Hali hanuz hech kim tanimaydi.
U bularning evaziga hissiyotlarga ega bo’ladi.
U baxtga shohid bo’ladi.
Chuqurroq anglaydi.
Mehr-muhabbatni his qiladi.
Pul sotib olib bera olmaydigan narsalarga erishadi.
Qilayotgan ishlari unga biror moddiylikni taqdim etmasa-da, dunyoni yanada go’zalroq ko’rishga muyassar bo’ladi.
Bundan ham yaxshirog’i bormi?

@getpsychedup
Post #858 113
Insonni ichida qanchalik ko'p narsa bo'lsa, u qadar kam narsa istar insonlardan 🤍

A. Shopengaur

@getpsychedup
Post #857 113
⚡️ Boshlashingiz uchun buyuk bo'lishingiz shart emas, biroq buyuk bo'lishingiz uchun boshlashingiz kerak.

Zig Zaglar

@getpsychedup
Post #856 126
Kimgadir lift eshigini ochib turish bo’ladimi yoki ko’chadagi axlatni olib tashlash, hatto kichkinagina ishora qilish - bularning hech biri ahamiyatsiz qolmaydi. Ushbu to’rt daqiqalik videoda yo’lovchi notanish kishining yaxshilik qilishiga guvoh bo’lib, o’zi ham boshqalarga yaxshilik ulasha boshlaydi.

@getpsychedup
Post #855 112
Isaak Nyuton ommaviy epidemiya sababli berilgan taʼtilda gravitatsiya qonunini va eng buyuk nazariyalarini yaratgan. Yolg'izlik kreativ g'oyalarning paydo bo'lishida juda samaralidir.

@getpsychedup
Post #854 120
Albatta ba'zi insonlar hech bir zamon o'zini aybdor his etmaydi, ba'zi insonlar umuman hech nimani his etmaydi.

📘 Alice Munro

@getpsychedup
Post #852 118
Gullar bizga yomg'ir shunchalik zarur bo'lganini eslatsin 🦋

@getpsychedup
Post #851 113
Tafakkurimiz qabul qilganidan, qalbimiz esa ulashganlaridan boyib boradi.

@getpsychedup
Post #850 121
Tavakkal qiling. G'alabaga erishsangiz, baxtli bo'lasiz. Mag'lubiyatga uchrasangiz, aqilliroq bo'lasiz.

@getpsychedup
Post #849 123
Harlou tadqiqotining dolzarbligi

Harlouning mehnatlari, shu bilan birga psixologlar Jon Boulbi va Meri Einsuort tomonidan o’tkazilgan muhim tadqiqotlar bolalar uylari, bola asrab oluvchi tashkilotlar, ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi guruhlar va bolaga g’amxo’rlik ko’rsatuvchilar bolalarga qanday g’amho’rlik qilishlari borasidagi muhim o’zgarishlarga ta’sir etishida ko’maklashdi.

Harry Harlouning mehnatlariga munosib baho berilib, uning ishlari sevgi, mehr-muruvvat va shaxsiy munosabatlar borasida ko’plab tadqiqotlarning yaratilishiga olib kelgan bo’lsa-da, uning o’z shaxsiy hayoti nuray boshladi. Rafiqasi davosiz dardga chalinganidan so’ng, u alkogolizmga chalindi va depressiyaga tushib qoldi, alaloqibat o’z farzandlaridan begonalashdi. Hamkasblari uni tez-tez istehzoli, sovuqqon, odamovi, millatchi va bag’ritosh deya tasvirlaganlar. Keyingi shaxsiy hayot yillarini muhrlagan sarosimaga qaramay, Harlouning o’chmas merosi hissiy qo’llab-quvvatlash, mehr-shafqat va muruvvatning bolalar rivojlanishida egallagan ahamiyatini oshirdi.

Manba: verywellmind
Medium Harry Harlou va mehr-muruvvat mohiyati Psixologiya tarixi o’zimiz haqimizdagi hamda inson xulq-atvori borasidagi fikrlarimizni o’zgartirishimizga ko’maklashgan g’aroyib…
Post #848 121
Qo’rquv, xavfsizlik va bog’lanib qolish hissi

Harlou yosh maymunlar matodan tayyorlangan yollanma onasiga tasalli olish va xavsizlik uchun talpinishini keyingi eksperimentlarida ko’rsatib berdi. Harlou tadqiqotchi Meri Einsuort tomonidan yaratilgan “g’alati vaziyat”ga o’xshash usuldan foydalangan holda yosh maymunlarga yollanma onasi oldida yoki uningsiz xonani ko’zdan kechirishiga qo’yib berdi. Onasi oldida bo’lgan maymunlar o’zlarini xavfsizlikda his qilib, xona bo’ylab bemalol yurishgan.

Yollanma onani xonadan olib chiqib ketilganida esa, uning ta’siri nihoyatda yuqori bo’lgan. Endi yosh maymunlar xotirjam bo’lishlari uchun ishonchli tayanchga ega emas va bunday holatda ular ko’pincha bir joydan jilmay qolganlar, bukilib o’tirib qolishgan, u yoqdan bu yoqqa tebranishgan, baqirishgan va yig’laganlar.

Harlou tadqiqoti
YouTube Food or Security? Harlow's study on monkeys' attachment Short documentary part on the controversial studies performed by Harry Harlow and his assistants. "Food or security, what will it be for the monkey".
Post #847 116
Simdan yasalgan ona eksperimenti

Harlou mehr mavzusida o’tkazilgan eksperimental tadqiqotlarga juda ham kam ahamiyat berilganligiga guvoh bo’ldi. U shunday yozadi, “Bu nazariyalar psixologlar, sotsiologlar, antropologlar, shifokorlar yoki psixoanalistlar tomonidan taklif etilishiga qaramasdan, eksperimentlarning yetarlicha emasligi sabab mehr-muruvvatning asosiy mohiyati to’g’risidagi nazariyalar kuzatuv, intuitsiya va ilmiy farazlar doirasidan chetga chiqamagan holda shakllandi.”

Harlouning eng mashhur eksperimenti yosh resus maymunga ikki xil “onalar” tanlovini berishdan iborat bo’lgan. Ulardan biri yumshoq, yungli matodan tayyorlangan, biroq hech qanday yegulik bilan ta’minlamagan. Boshqa biri esa simlardan yasalgan, ammo unga qistirilgan bolalar sut idishidan qornini to’ydirishi mumkin edi.

Harlou tug’ilganiga bir necha soat bo’lgan yosh maymunlarni haqiqiy onasidan ayirib, mana shu yollanma onalar bag’rida “o’sib-ulg’ayishi” uchun qoldirdi. Eksperiment natijalari shuni ko’rsatdiki, go’dak maymunlar simli onasidan ko’ra yungli onasi bilan ancha uzoqroq vaqt o’tkazishgan. Boshqacha qilib aytganda, go’dak maymunlar simdan tayyorlangan onasining oldiga faqat qornini to’ydirish uchungina bordi, ammo o’z vaqtini mayin, tasalli bag’ishlovchi matodan tayyorlangan onasi oldida o’tkazishni afzal bildi.

“Ushbu ma’lumotlardan shu narsa ayon bo’ladiki, mehr rishtalari rivojlanishida jismiy yaqinlikning ahamiyati nihoyatda yuqori, aksincha emish jarayoni esa ahamiyatsiz o’rinni egallaydi.”- Harlou shunday deb izohlaydi.
Post #846 125
Harry Harlou va mehr-muruvvat mohiyati

Psixologiya tarixi o’zimiz haqimizdagi hamda inson xulq-atvori borasidagi fikrlarimizni o’zgartirishimizga ko’maklashgan g’aroyib tadqiqotlar va klassik psixologik eksperimentlar bilan to’la. Ba’zida ushbu tadqiqotlarning natijalari o’ta hayratlanarli edi, ya’ni ular inson tafakkuri va xatti-harakatlari borasidagi hamma birday qabul qilgan fikrni obdon taroziga solib ko’rgan. Bundan tashqari, ushbu eksperimentlar o’ta baxsli xarakterga ham ega edi.

Harry Harlou birinchilardan bo’lib inson muhabbati va mehr-muruvvati mohiyatini ilmiy jihatdan tadqiq etgan psixologlardan biri edi. Harlou bir muncha baxsga sabab bo’lgan eksperimentlar yordami bilan erta bog’lanib qolish hissi, mehr-muruvvat va hissiy bog’langanlikning sog’lom rivojlanishda tutgan ahamiyatini ko’rsatib bera oldi.

Mehr-muruvvat borasida olib borilgan tadqiqot tarixi
20-asrning birinchi yarmida ko’plab psixologlar bolalarga mehr-shafqat ko’rsatish hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan oddiy his-tuyg’u ifodasi ekanligiga ishonishgan. Hattoki bixeviorist Jon Uotson ota-onalarni shunday deb ogohlantirish darajasigacha borgan, “Farzandingizni silab-siypalagingiz kelsa, shuni unutmangki, ona mehri xavfli instrumentdir.”

O’sha davr mutafakkirlarining fikricha, mehr-shafqat faqatgina kasallik tarqatar va katta yoshlilarda psixologik muammolarni keltirib chiqarar edi.

Ushbu davr mobaynida psixologlar o’z sohasini chuqur doiradagi ilm-fan deb isbotlashga intilganlar. Psixologiya sohasida bixevioristik harakatlar ustunlik qilgan va tadqiqotchilarni faqatgina kuzatib bo’ladigan va o’lchash imkoniyatiga ega xulq-atvorni o’rganishga chaqirganlar.

Shunga qaramasdan, Harry Harlou ismli amerikalik psixolog tasvirlash va o’lchash unchalik ham oson bo’lmagan mavzu — mehrni tadqiq etishga qiziqib qoldi.

1960-yillar mobaynida o’tkazilgan bir muncha baxsga sabab bo’lgan tadqiqotlarda Harlou mehrning va ayniqsa, mehrdan bebehralikning qudratli kuchini ko’rsatib berdi. Harlou yosh resus maymunlarida mehrdan mahrum qilinishning ayanchli oqibatlarini ko’rsatish orqali sog’lom bola rivojlanishida uning qarovchisi ko’rsatadigan mehr-muruvvatning muhim ahamiyatini ochib berdi.

Harlou tomonidan o’tkazilgan eksperimentlar, ko’pincha, axloq qoidalarga yetarlicha amal qilmagan va daxshatli darajada shafqatsiz bo’lgan, shunga qaramasdan ular bola rivojlanishi borasidagi tushunchalarmizga chuqur ta’sir etgan oddiy haqiqatlarni oshkor etdi.
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →