Simdan yasalgan ona eksperimenti
Harlou mehr mavzusida o’tkazilgan eksperimental tadqiqotlarga juda ham kam ahamiyat berilganligiga guvoh bo’ldi. U shunday yozadi, “Bu nazariyalar psixologlar, sotsiologlar, antropologlar, shifokorlar yoki psixoanalistlar tomonidan taklif etilishiga qaramasdan, eksperimentlarning yetarlicha emasligi sabab mehr-muruvvatning asosiy mohiyati to’g’risidagi nazariyalar kuzatuv, intuitsiya va ilmiy farazlar doirasidan chetga chiqamagan holda shakllandi.”
Harlouning eng mashhur eksperimenti yosh resus maymunga ikki xil “onalar” tanlovini berishdan iborat bo’lgan. Ulardan biri yumshoq, yungli matodan tayyorlangan, biroq hech qanday yegulik bilan ta’minlamagan. Boshqa biri esa simlardan yasalgan, ammo unga qistirilgan bolalar sut idishidan qornini to’ydirishi mumkin edi.
Harlou tug’ilganiga bir necha soat bo’lgan yosh maymunlarni haqiqiy onasidan ayirib, mana shu yollanma onalar bag’rida “o’sib-ulg’ayishi” uchun qoldirdi. Eksperiment natijalari shuni ko’rsatdiki, go’dak maymunlar simli onasidan ko’ra yungli onasi bilan ancha uzoqroq vaqt o’tkazishgan. Boshqacha qilib aytganda, go’dak maymunlar simdan tayyorlangan onasining oldiga faqat qornini to’ydirish uchungina bordi, ammo o’z vaqtini mayin, tasalli bag’ishlovchi matodan tayyorlangan onasi oldida o’tkazishni afzal bildi.
“Ushbu ma’lumotlardan shu narsa ayon bo’ladiki, mehr rishtalari rivojlanishida jismiy yaqinlikning ahamiyati nihoyatda yuqori, aksincha emish jarayoni esa ahamiyatsiz o’rinni egallaydi.”- Harlou shunday deb izohlaydi.
Post #847
116