Harlou tadqiqotining dolzarbligi
Harlouning mehnatlari, shu bilan birga psixologlar Jon Boulbi va Meri Einsuort tomonidan o’tkazilgan muhim tadqiqotlar bolalar uylari, bola asrab oluvchi tashkilotlar, ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi guruhlar va bolaga g’amxo’rlik ko’rsatuvchilar bolalarga qanday g’amho’rlik qilishlari borasidagi muhim o’zgarishlarga ta’sir etishida ko’maklashdi.
Harry Harlouning mehnatlariga munosib baho berilib, uning ishlari sevgi, mehr-muruvvat va shaxsiy munosabatlar borasida ko’plab tadqiqotlarning yaratilishiga olib kelgan bo’lsa-da, uning o’z shaxsiy hayoti nuray boshladi. Rafiqasi davosiz dardga chalinganidan so’ng, u alkogolizmga chalindi va depressiyaga tushib qoldi, alaloqibat o’z farzandlaridan begonalashdi. Hamkasblari uni tez-tez istehzoli, sovuqqon, odamovi, millatchi va bag’ritosh deya tasvirlaganlar. Keyingi shaxsiy hayot yillarini muhrlagan sarosimaga qaramay, Harlouning o’chmas merosi hissiy qo’llab-quvvatlash, mehr-shafqat va muruvvatning bolalar rivojlanishida egallagan ahamiyatini oshirdi.
Manba: verywellmind
Post #849
123