TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
250
Photos
907
Videos
123
Links
370

Showing posts older than #1715 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #1714 433
Hayotga havasini yo’qotgan 23-yoshli bu yigit universitetni tark etib, 3 yildan buyon uyidan tashqariga chiqmaydi. Telefon va gadjetlarga mixlanib qolgan.

“Hech narsa qilgim kelmagani ichun, cho’milmayman ham. Qo’limdan kelsa hojatxonaga ham bormasdim, ovqat ham yemasdim. Bularni majburdan qilaman”


P.S Hikokomori ga o’xshash holat.

@pslog
  • 😢 11
Post #1713 505
#psixologikfakt

Ahmoqona savolga sarkazm bilan javob qaytara olish qobiliyati miyaning sog'lom ishlayotganidan darak beradi.

@pslog
  • 👍 13
  • ❤ 6
  • 😱 4
  • ❤‍🔥 2
Post #1712 434
Yaponlarning fikricha, kishida uch qiyofa bo'ladi. U birinchi qiyofasini atrofdagilarga ko'rsatadi. Ikkinchi qiyofasini yaqin do'stlari va oilasiga ko'rsatadi. Uchinchi qiyofasini esa hech kimga ko'rsatmas ekan va bu uning asl qiyofasi ekan…

@pslog
  • ❤ 10
  • 🔥 2
Post #1711 432
💭 Bolaga qachon cheklov qo’yish kerak deb o’ylaysiz?

Florian, 14 yoshda. Onam menga ko’ngli bo’shlik qilyapti. Ba’zan qattiqroq turishini, masalan, uy vazifalarimni bajarmasam, ko’chaga chiqishga ruhsat bermasligini xohlardim. Vaqti kelganda, o’zimga o’zim cheklovlar qo’yishga qiynalaman, shuning uchun o’rtoqlarim bilan hali u yoqda, hali bu yoqda sang’ib yuraman. Men, bolalarim baqir-chaqir qilganda ham ko’ngli tusagan har ishni qilaverishiga to’sqinlik qilgan bo’lardim. Hech shubhasiz. Hayotda qiynalishlarini xohlamayman. Bo’lmasa, hamma nima qilsa, shuni qiladigan, o’ziga o’zi cheklov qo’ya olmaydigan bo’lib qolishadi. O’zlari xohlagan yo’lni tanlagan taqdirda ham, mustaqil bo’la olishmaydi.

Bolaga ko’ngli tusagan har qanday ishni qilishga ixtiyor bermaslik, yetuklikda unga mustaqil bo’lish fursatini berish demaktir…

📕 Catherine Mathelin “Freud’a ne yaptik da çocuklarmiz böyle oldu?”

@pslog
  • ❤ 8
  • 👍 2
Post #1710 578
💭 Holdan toyish ortida doimo ish yuki turavermaydi.


Shaxsiy chegara masofa yaratish uchun emas, balki siz va qarshingizdagi insonga tegishli zonalarini asrab qolish uchun kerak. “Yo’q” deya olmaganingizda o’z ehtiyojlaringizni keyinga o’ringa surasiz va oqibatda horg’in, qizishgan va hafsalasiz kishiga aylanasiz.


Sog’lom chegaralarni qo’yganingizda esa, o’z energiyangizni asraysiz va ishtiyoq o'sishiga yo'l berasiz.

🌱 Chunki, chegara o’rnatish boshqalarni rad etish emas, balki o’zimizni inkor qilmaslikdir.

@pslog
  • ❤ 8
  • 👍 6
Post #1708 573
States of mind...
  • ❤ 8
  • 🔥 3
  • 🙉 1
Post #1707 687
Tanamiz his-tuyg'ularimizning eng sukunatli, biroq eng kuchli tilidir...

Ko'krakda og'irlik hissi, mushaklar tortishishi, ko'ngil aynishi... Bularning barchasi aslida bostirilgan his-tuyg'ular va xavotirning boshqa bir ko'rinishi bo'lishi mumkin.

Compassionate Inquiry tananing biz bilan so'zlashayotgan ovozsiz tilini tushunishga va o'zimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam berishi mumkin. 🌱

✅ A psychotherapeutic approach developed by Dr. Gabor Maté

https://azizapulatova.medium.com/tananing-sadosiz-tili-compassionate-inquiry-qarashi-b3157f114abc
  • 🔥 5
Post #1706 648
Odamlarning gap-so’ziga qulog’ingni berkit. Barchasini yangitdan boshla va bundan aslo qo’rqma!

Endi insonlarning emas, aksincha, orzularing ortidan yugur. Ro’yobga chiqishini istagan qanday niyat qilgan bo’lsang, haqiqatga aylantir. Ko’ngling tusagan nima bo’lsa, barchasini qil. Mark Tven shunday degan edi: Oradan 20 yil o’tib, qilganlaring uchun emas, qila olmaganlaring uchun ezilasan. Iloji boricha xatolaringni tuzat. Mustahkam kemada uzoqlarga yelkan och. Shamolni izla, uni tut va his qil.

Hayot seniki. Yashash go’zal. Sen chiroyli umr kechirishga qodirsan.

✍️ Mirach Chag’ri Oqtosh

https://azizapulatova.medium.com/hayot-yutqazgan-joyingdan-boshlanar-93bb74c90068

@pslog
  • ❤ 8
  • 👍 4
  • 👎 2
  • 🔥 1
Post #1705 569
Jang maydoniga hujumga kirayotgan askar birinchi o’qdayoq halok bo’ladi. Lekin diqqat askarga emas, uning formasiga qaratiladi. Askarlar bir yerda dafn etiladi, formalar esa yig’ib olinib, tozalangandan so’ng, yangi safarbar qilinganlarga yuboriladi.

O’sha harbiy kiyimni maktabni yaqindagina bitirgan, biroq allaqachon propaganda qurboniga aylangan Paul Baumer oladi.

Ekranlashtirilgan mashxur roman - “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” filmiga taqriz: https://azizapulatova.medium.com/ekran-yuzini-korgan-roman-garbiy-frontda-o-zgarish-yo-q-filmiga-taqriz-e3a69cb1655a

@pslog
  • ❤ 13
  • 👍 1
Post #1704 576
Bolalarning rasmini tarmoqqa joylashtirish biz o'ylagandan ko'ra ancha xavfliroq

• Tadqiqotlar 5 yoshga to'lgan bir bolaning internetta o'rtacha 1500 ta sur'ati mavjudligini ko'rsatmoqda.

• 2030-yilgacha bolalar tasvirlari turli yovuz maqsadli kishilar qo'liga tushib qolishi mumkinligi oldindan taxmin qilinmoqda.

Deutsche Telecom tomonidan yaratilgan #ShareWithCare loyihasi ko'pchilikning e'tiboriga tushdi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan "Ella", voyaga yetgan farzand sifatida ota-onasiga shu savolni beradi: "Nega mening sur'atlarimni internetga bunchalar ko'p joyladingiz?" Shu oddiygina savolning o'zi mulohaza uchun yetarli.


@pslog
  • 💯 7
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #1703 512
Yangidan boshlaymiz!

Darveshdan soʻrashibdi:
"Hamma narsamizni yoʻqotdik, endi nima qilamiz?"
Darvesh shunday debdi:
"Choy qoʻy, yangidan boshlaymiz..."
👉 @pslog 👈
  • ⚡ 10
  • 💋 4
  • ❤ 2
Post #1702 452
Ba'zi insonlar tabiatan ablax bo'lishadimi?

Ba'zilar berahm, ba'zilar xudbin, yana ba'zilar jaxldor, ayrim insonlar esa narsist yoki abyuzer bo'lishadi. Lekin, aslida bu ularning asl qiyofasi emas.

Budda bundan 2500 yil avval dunyoni ongimiz(ya'ni, ikki ko'zimiz, qulog'imiz, sezgilarimiz...) bilan idrok qilishimizni aytgan edi. Bizning ichki holatimiz atrofimizdagi dunyo haqidagi tasavvurimizni shakllantiradi.

Nima deb o'ylaysiz: kimdandir "Dunyo – juda rasvo joy". "Unda faqat yomon odamlar yashaydi" degan so'zlarni eshitgan odam o'zini qanday tuta boshlaydi?

Boshqalar undan hayiqib turishi uchun o'zini agressiv, qo'pol, xudbinlarcha tutishga, Amerika prezidentiday haybatli ko'rinishga urinadi.

Aynan shu so'zlarni Donald Trump'ning The Art of Deal kitobida o'qishingiz mumkin.

Donald Trump jaxldor, qo'pol, xudbin tuban inson bo'lib tug'ilmagan. U ham qachondir atrofdagilarning mehr-shafqat va sevgisiga muhtoj bir go'dak bo'lgan. Trump'ning jiyani, psixolog Mary Trump'ning aytishicha, Donald'ning otasi Fred Trump o'z farzandiga va boshqa bolalarga shafqatsiz munosabatda bo'ladigan sotsiopat bo'lgan.

Aslida, hech kim o'z-o'zidan yomon bo'lib qolmaydi. Yomonlik yo'lini tanlash bir baxona ham emas, shunchaki odamlar o'zi uchun ishlaydigan qulay bir mexanizm asosida yashashni afzal bilishadi.

P.S. Insonning xulq-atvori uning hayotiy, ayniqsa, bolalik tajribalari asosida shakllanadi.

@pslog
  • 🔥 9
  • ❤ 4
  • 👍 4
Post #1699 382
"Choʻqqilar sari intilishning oʻzi inson qalbini toʻldirish uchun yetarli. Sizifni baxtli deb tasavvur qilishimiz lozim."



Yunon mifalogiyasida Sizif ayyorligi va makkorligi bilan tanilgan podshoh edi. Sizif barcha qilmishlari uchun Zevs va boshqa tangrilar tomonidan jazolanadi. “Tangrilar Sizifni togʻga shar shaklidagi toshni dumalatib chiqarishga abadiy mahkum etishgandi. Ammo Sizif toshni choʻqqiga yaqinlashtirganda, tosh yana pastga dumalab tushardi. Bir xil, maʼnosiz narsani qayta-qayta bajarishdan ko’ra qo’rqinchliroq bir jazo bo’lmasa kerak deb o’ylashgandi. Ularni haqsiz deb ham bo’lmasdi.”

📚 Albert Camus'ning "Sizif haqida asotir" asariga taqriz:

https://azizapulatova.medium.com/camusdan-sizif-haqida-asotir-a865e3e00ca4

👉 @pslog 👈
  • 👍 6
  • 🔥 4
Post #1698 1.81K
Insonlar har doim o’zi bilan teng darajadagi ruhiy travmalarga ega insonni uchratishadi. Agar bir inson bu ruhiy travmalarni yengib o’tsa-yu, boshqasi bunday qila olmasa, munosabatlarda inqiroz yuzaga kelishi tayin.

– Gabor Mate

👉@pslog 👈
  • ❤ 10
  • ❤‍🔥 7
  • 🔥 2
  • 💯 2
  • ⚡ 1
Post #1696 639
Bir kuni Didroga chiroyli qizil xalat sovg‘a qilishadi. Yangi xalat shkafdagi eski buyumlarga yarashmagandek tuyilaveradi. Didro shu xalatning rangiga mos mebellar – stol va divan, hatto gilam va devorga osiliq rasmlarni yangisiga almashtira boshlaydi. Muammo shunda ediki, u o’zining ishxonasini ta’mirlatirayotgan vaqtda, pulsiz qoladi. Boshqalardan qarz olishga va bir muddat nochor yashab turishga majbur bo’ladi. Yangi xalat unga qimmatga tushadi…

Diderot effekti haqida: https://medium.com/@pulatovaaziza/diderot-effekti-f6670e511160
  • 👍 7
  • ❤ 5
  • 🔥 2
Post #1694 596
“Origins: How the Nine Months Before Birth Shape the Rest of Our Lives”, “Ibtido: Ona qornidagi hayot kelgusidagi hayotimizga qanday ta’siri bor? “asarining muallifi Annie Murphy Paul’ ning aytishicha,


“Bosh miya (…) biror hayotiy tajriba haqida o’qish bilan o’sha tajribani real hayotda boshdan kechirish orasidagi farqni yaxshi ajrata olmaydi. Har ikki holatda ham, miyada bir xil nevrologik o’zgarishlar ro’y beradi.


Ota-ona kitob o’qib berganida, farzandiga faqat hikoyadagi bilimlarni o’rgatmaydi, balki uni o’sha hikoyaning tubsiz olamiga ham olib kiradi.

“The Invisible toolbox” kitobidan

https://medium.com/@pulatovaaziza/kim-jocelyn-dicksonning-ko-rinmas-asboblar-qutisi-kitobiga-taqriz-7fb116fcfe1a
Medium Kim Jocelyn Dickson’ning “Ko’rinmas asboblar qutisi” kitobiga taqriz theinvisibletoolbox.org
  • ❤ 9
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #1692 612
Bolalar nega o’zlarini o’tloqdan olib qochishga harakat qilishyapti?

Javob: Taktil defans.

Taktil sezgi — tanani yengil silaganda paydo bo’ladigan sezgidir. Defans esa himoya qilish degani.

Odamlarda “shaxsiy makon” ga bo’lgan ehtiyoj mavjud. Oddiy misol. Oldingizga bir notanish kishi yaqinlashdi, o’zingizni qanday his qilasiz? Tabiiyki, biroz cho'chiysiz. Axir, begona odam sizga ziyon yetkazadimi yoki yo’qmi: buni oldindan bila olmaysiz. Shu sababli, bunday vaziyatda biroz bo'lsa-da, ortga tisarilasiz.

Videodagi go’daklar ham maysalarga oyoqlarini tekkizmay turib, undan qochishga harakat qilishyapti. Ya’ni, o’tloq, ular uchun notanish bir kimsa kabi. Taktil defans’ni kundalik hayotda ko’p uchratishimiz mumkin. Go’daklarning maysalardan qochishiga o’xshab, boshqa obyektlardan qochishga urinishi taktil defans’ga misol bo’ladi.

@pslog
  • ❤ 12
  • 👍 1
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →