TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
250
Photos
907
Videos
123
Links
370

Showing posts older than #1692 · Back to latest

Older Posts 15 shown
Post #1690 590
Tabiat, san’at, muzey, musiqa, go’zallik va kitoblarni sevuvchilar uchun yangilik 🔥

Sizlarni o’z You Tube kanalimga taklif qilaman. Hozircha kichik videolarni
joylayapman. Keyinroq katta rejalarim ham yo’q emas!

https://youtube.com/@apulatova?si=fgvSI8Nd_E0vtN6R
  • ❤ 8
  • 🔥 4
  • 🤩 2
Post #1689 695
Bog’lanish uslublarini tushunish insonlarning har qanday romantik munosabatlarda o’zini qanday tutishini anglash va oldindan bilishning oson va sinalgan usulidir.


Psixologlar o'qishni ko'p bora tavsiya qiladigan kitoblardan biri – "Attached" 3 bog'lanish uslubi haqida so'z yuritadi

Ishonchli, xavotirchan va qochuvchan bog'lanish...

https://azizapulatova.medium.com/amir-levine-va-rachel-hellerning-bog-lanish-kitobiga-taqriz-04e5c13eeb78
  • ❤ 10
  • 👍 4
  • 🔥 4
Post #1687 1.25K
6 daqiqa kitob o’qish stress darajasini keskin (68 foizga) kamaytirishi mumkin!

Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti Mindlab International tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shunday xulosaga kelmoqda…

Musiqa tinglash(61%), piyoda sayr qilish(42%), bir piyola choy ichish(54%) va hatto video o’yinlar o’ynash kabi turli xil yordamchi usullarni sinab ko'rish paytida stress darajasi va yurak urish tezligi kuzatilgan - ammo kitob o'qish miya va tanani stressdan xalos etishga yordam beradigan eng kuchli usulligicha qolavergan.

@pslog
  • 👍 11
  • ❤ 6
  • 🔥 3
Post #1686 580
Kompyuter erkakmi yoki ayol?

Amerikaliklar kompyuterning qaysi jinsga oidligi borasida ko’p tortishar ekanlar…

Ayollar bu uskunaning erkak jinsiga mansubligini ta’kidlashar ekanlar. Ularning fikricha, kompyuter muammolarni hal qilish maqsadida yaratilgan bo’lsa-da, umrining to’rtdan uch qismini ishkal chiqarish bilan o’tkazishar ekan…
Eng qizig’i shundaki, kompyuter xarid qilayotgan vaqtingizda ozgina sabr qilsangiz, bundan yaxshiroq modelini olish mumkinligidan pushaymon bo’larkansiz…”

Erkaklar bu fikrdan ancha yiroq… “Kompyuter - ayol” deydi ular, “chunki, birinchidan, uning ichki logikasini, uning yaratuvchisidan boshqa hech kimsa tushunmaydi.
Ikkinchidan, hatto arzimas xatoyingizni ham darxol uzoq muddatli xotiraga yozib olib, qayta-qayta yuzingizga solaveradi, Uchinchidan, kompyuter olgandan keyin, unga kerak bo’ladigan aksessuarlarga ko’p xarajat ketishini tushunasiz.”

Bu bir hazil, albatta…

@pslog
  • 😁 30
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #1684 526
  • ❤ 7
  • 👍 7
  • 🔥 1
Post #1683 701
Lion Whisperer nomini olgan Kaven Richardson o’z jonini xavfga qo’yib vaxshiy arslonlar bilan qanday til topishish mumkinligini ko’rsatdi. U Janubiy Afrikadagi Yoxansburgda joylashgan hayvonot bog’ida arslonlar bilan birga yashay boshlagan.

Negadir baquvvat panjalari bilan boshqa hayvonlarni yer tishlatgan va ularni vaxshiylarcha yegan sherlar Kavenga hujum qilishmagan.

O’lim tahlikasini yenggan Kaven bir kuni u bilan yashagan sherlarning daxshatli hujumiga uchradi. Atrofdagi odamlar uni zo’rga’ qutqarib qolishadi. U bilan olib borilgan suhbatda sherlarga bunchalik ishonish xatoligini ta’kidlaganlarga: yanglishyapsiz, men ularning ishonchini poymol qilganim uchun, ular ham kerak bo’lgan ishni qilishdi, deb izoh bergan.

Mehr-shafqat shunday tilki, uni kar ham eshita oladi, ko'r ham ko'ra oladi…


@pslog
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 👍 1
  • 💯 1
Post #1681 589
Reklama. U siz tasavvur qilganchalik ta’sirchan emas.

Raqamli dunyo va auditoriyaga mos reklama yaratish imkoniyatlarining mavjudligidan reklama insonni har ko’yga solishi mumkinligiga reklama egalari ham, uning tanqidchilari ham bizni ishontirishga harakat qilishadi.

Aslida, reklama hech qanday samara bermaydi. Ko’plab mahsulotlar reklama qilinishiga qaramay, savdo rastlarida sotilmay qolib ketadi. Sotuv miqdori ko’paygan taqdirda ham, reklamaning foydasi noma’lumligicha qolaveradi. Marketing asoschilaridan biri Jon Vanameyker aytganidek:

“Reklamaga sarflangan pulning yarmi behuda ketdi; muammo shundaki men pulning qaysi yarmi behuda ketganini bilmayman.”



Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida onlayn va oflayn reklamalarning inson fikriga ta’siri omma e’tiboriga bo’rttirib ko’rsatilishi aniqlandi.

Bu reklamaga sarflangan pulning faqat yarmi emas, bari behuda sarflanadi, degan fikrlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. *

Har birimizda mustaqil tanlov qabul qilish imkoniyati doimo bo’ladi.

@pslog
  • 🔥 7
  • ❤ 1
Post #1680 626
Bugun Netflix’ning bizga tanishtirgan qahramonlaridan biri, “You” seriali bosh qahramoni Joe Goldberg haqida suhbatlashamiz. Joe aslida kim o’zi? Psixopat yoki mehrsiz o’sgan bola?

Davomini bu yerda o’qishingiz mumkin.

👉 Diqqat, maqolada spoiler bor.

@pslog
  • ❤ 7
Post #1678 653

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 14
  • 🔥 4
  • 👍 2
Post #1673 717
Bugun butunjahon psixologik romanlar kuni. Psixologik romanlarni yoqtiradiganlar uchun jahon adabiyotidan na’munalar. Yoqimli mutolaalar
  • ❤ 14
  • 👍 2
Post #1672 728
G’alati vaziyat testi (The Strange Situation test)

Sarah va uning 12 oylik qizalog’i Kimmy o’yinchoqqa to’la bir xonaga kirib kelishdi. Xonada ularni ko’rinishidan istarasi issiq yosh bir tadqiqotchi xodima kutib oldi va ular u yoq - bu yoqdan gaplashib o’tirishdi. Kimmy atrofdagi o’yinchoqlarni qo’liga olib o’ynay boshladi: u bu orada onasiga qarab qo’yib, atrofda emaklay boshladi, o’yinchoqlarni qo’liga oldi, yerga otdi, ovozi bor-yo’qligini, dumalab-dumalamasligini, chiroqlari yonib-yonmasligini tekshirib ko’rdi.

So’ngra Kimmy’ning onasiga bu xonadan chiqish so’raldi; ayol o’rnidan turib, shoshmasdan tashqariga chiqib ketdi. Kimmy vaziyatni tushungan zahoti injiqlana boshladi. Bor kuchi bilan eshik tomonga yugurib, yig’lay boshladi. Onasini chaqirib, eshikni ura boshladi. Tadqiqot xodimasi Kimmy’ning e’tiborini bir quti rangli qalab bilan chalg’itmoqchi bo’ldi, lekin bu bilan uni battar jahlini chiqargani qoldi. Qalamlarni xodimaning yuziga qarab otdi.

Ko’p otmay, onasi xonaga kirib kelganda, Kimmy uni quchog’ ochib kutib oldi. Sarah qizini bag’riga olib, unga tasalli bera boshladi. Kimmy onasini qattiq quchoqlagancha, yig’idan to’xtadi. Tinchlangan bolaning e’tibori yana o’yinchoqlarga qaytdi va ularni o’ynashda davom etdi.

Sarah va Kimmy ishtirok etgan bu tadqiqot, bog’liqlik nazariyasi yo’nalishidagi eng muhim tadqiqot bo’lib, unga g’alati vaziyat testi degan nom berilgan. Yuqoridagi misol, uning qisqaroq bir versiyasi edi.

Bola umuman notanish bir muhitga tushib qolgan bo’lishiga qaramay, o’zida ishonch bilan atrofni o’rgana boshladi. Bog’langan kishisining xonadaligini bilish, unga ana shu ishonchni berdi. Uni ishonchli suyanchiq deb bildi. Bu suyana oladigan, to’liq ishona oladigan va biror ehtiyoji paydo bo’lganda oldiga bora oladigan inson borligini his qilish demakdir. Bola olamni kashf qilishi, o’rganishi va rivojlanishi uchun unga ana shunday bir ishonchli suyanchiq kerak bo’ladi.

@pslog
YouTube The Strange Situation - Mary Ainsworth Developmental psychology.
  • ❤ 10
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #1669 633
Ko'rganlarimiz har doim ham haqiqat bo’lavermas ekan: “Raqamli qal’a” da bunga guvoh bo’lasiz! 🤗

@pslog
  • ❤ 8
  • 😍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →