Raqamli dunyo va auditoriyaga mos reklama yaratish imkoniyatlarining mavjudligidan reklama insonni har ko’yga solishi mumkinligiga reklama egalari ham, uning tanqidchilari ham bizni ishontirishga harakat qilishadi.
Aslida, reklama hech qanday samara bermaydi. Ko’plab mahsulotlar reklama qilinishiga qaramay, savdo rastlarida sotilmay qolib ketadi. Sotuv miqdori ko’paygan taqdirda ham, reklamaning foydasi noma’lumligicha qolaveradi. Marketing asoschilaridan biri Jon Vanameyker aytganidek:
“Reklamaga sarflangan pulning yarmi behuda ketdi; muammo shundaki men pulning qaysi yarmi behuda ketganini bilmayman.”
Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida onlayn va oflayn reklamalarning inson fikriga ta’siri omma e’tiboriga bo’rttirib ko’rsatilishi aniqlandi.
Bu reklamaga sarflangan pulning faqat yarmi emas, bari behuda sarflanadi, degan fikrlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. *
Har birimizda mustaqil tanlov qabul qilish imkoniyati doimo bo’ladi.
@pslog
