Lion Whisperer nomini olgan Kaven Richardson o’z jonini xavfga qo’yib vaxshiy arslonlar bilan qanday til topishish mumkinligini ko’rsatdi. U Janubiy Afrikadagi Yoxansburgda joylashgan hayvonot bog’ida arslonlar bilan birga yashay boshlagan.
Negadir baquvvat panjalari bilan boshqa hayvonlarni yer tishlatgan va ularni vaxshiylarcha yegan sherlar Kavenga hujum qilishmagan.
O’lim tahlikasini yenggan Kaven bir kuni u bilan yashagan sherlarning daxshatli hujumiga uchradi. Atrofdagi odamlar uni zo’rga’ qutqarib qolishadi. U bilan olib borilgan suhbatda sherlarga bunchalik ishonish xatoligini ta’kidlaganlarga: yanglishyapsiz, men ularning ishonchini poymol qilganim uchun, ular ham kerak bo’lgan ishni qilishdi, deb izoh bergan.
Mehr-shafqat shunday tilki, uni kar ham eshita oladi, ko'r ham ko'ra oladi…
@pslog
Post #1683
701
- ❤ 6
- 🔥 3
- 👍 1
- 💯 1