TGViewer
š‘€š‘’š‘‘š‘–š‘¢š‘šā€™š‘‘š‘Žš‘”š‘– š“š‘§š‘–š‘§š‘Ž š‘€š‘’š‘‘š‘–š‘¢š‘šā€™š‘‘š‘Žš‘”š‘– š“š‘§š‘–š‘§š‘Ž @pslog Ā· 250 subscribers
Post #1672 728
G’alati vaziyat testi (The Strange Situation test)

Sarah va uning 12 oylik qizalog’i Kimmy o’yinchoqqa to’la bir xonaga kirib kelishdi. Xonada ularni ko’rinishidan istarasi issiq yosh bir tadqiqotchi xodima kutib oldi va ular u yoq - bu yoqdan gaplashib o’tirishdi. Kimmy atrofdagi o’yinchoqlarni qo’liga olib o’ynay boshladi: u bu orada onasiga qarab qo’yib, atrofda emaklay boshladi, o’yinchoqlarni qo’liga oldi, yerga otdi, ovozi bor-yo’qligini, dumalab-dumalamasligini, chiroqlari yonib-yonmasligini tekshirib ko’rdi.

So’ngra Kimmy’ning onasiga bu xonadan chiqish so’raldi; ayol o’rnidan turib, shoshmasdan tashqariga chiqib ketdi. Kimmy vaziyatni tushungan zahoti injiqlana boshladi. Bor kuchi bilan eshik tomonga yugurib, yig’lay boshladi. Onasini chaqirib, eshikni ura boshladi. Tadqiqot xodimasi Kimmy’ning e’tiborini bir quti rangli qalab bilan chalg’itmoqchi bo’ldi, lekin bu bilan uni battar jahlini chiqargani qoldi. Qalamlarni xodimaning yuziga qarab otdi.

Ko’p otmay, onasi xonaga kirib kelganda, Kimmy uni quchog’ ochib kutib oldi. Sarah qizini bag’riga olib, unga tasalli bera boshladi. Kimmy onasini qattiq quchoqlagancha, yig’idan to’xtadi. Tinchlangan bolaning e’tibori yana o’yinchoqlarga qaytdi va ularni o’ynashda davom etdi.

Sarah va Kimmy ishtirok etgan bu tadqiqot, bog’liqlik nazariyasi yo’nalishidagi eng muhim tadqiqot bo’lib, unga g’alati vaziyat testi degan nom berilgan. Yuqoridagi misol, uning qisqaroq bir versiyasi edi.

Bola umuman notanish bir muhitga tushib qolgan bo’lishiga qaramay, o’zida ishonch bilan atrofni o’rgana boshladi. Bog’langan kishisining xonadaligini bilish, unga ana shu ishonchni berdi. Uni ishonchli suyanchiq deb bildi. Bu suyana oladigan, to’liq ishona oladigan va biror ehtiyoji paydo bo’lganda oldiga bora oladigan inson borligini his qilish demakdir. Bola olamni kashf qilishi, o’rganishi va rivojlanishi uchun unga ana shunday bir ishonchli suyanchiq kerak bo’ladi.

@pslog
YouTube The Strange Situation - Mary Ainsworth Developmental psychology.
  • ā¤ 10
  • šŸ‘ 6
  • šŸ”„ 2
More from @pslog
  1. Sep 25, 2026ā€œNega menda shunaqa boŹ»lyapti?ā€ ā€œNega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?ā€ ā€œMenga qachon o'r…
  2. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq ā€œā€¦
  3. Sep 13, 2026ā€œOzorlama shirin joningniā€ Bir koā€˜rgazmada iligā€˜liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  4. Sep 13, 2026photo post
  5. Aug 25, 2026ā€œInson nima uchun yashaydi?ā€ asari haqida Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoli…
  6. Aug 21, 2026#asardan_parcha Aldoqchilik insonni boshqa barcha mavjudotlardan ustun qilib turadigan bir…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →