Bolalar nega o’zlarini o’tloqdan olib qochishga harakat qilishyapti?
Javob: Taktil defans.
Taktil sezgi — tanani yengil silaganda paydo bo’ladigan sezgidir. Defans esa himoya qilish degani.
Odamlarda “shaxsiy makon” ga bo’lgan ehtiyoj mavjud. Oddiy misol. Oldingizga bir notanish kishi yaqinlashdi, o’zingizni qanday his qilasiz? Tabiiyki, biroz cho'chiysiz. Axir, begona odam sizga ziyon yetkazadimi yoki yo’qmi: buni oldindan bila olmaysiz. Shu sababli, bunday vaziyatda biroz bo'lsa-da, ortga tisarilasiz.
Videodagi go’daklar ham maysalarga oyoqlarini tekkizmay turib, undan qochishga harakat qilishyapti. Ya’ni, o’tloq, ular uchun notanish bir kimsa kabi. Taktil defans’ni kundalik hayotda ko’p uchratishimiz mumkin. Go’daklarning maysalardan qochishiga o’xshab, boshqa obyektlardan qochishga urinishi taktil defans’ga misol bo’ladi.
@pslog
Post #1692
612
- ❤ 12
- 👍 1
- 🔥 1