Ba'zilar berahm, ba'zilar xudbin, yana ba'zilar jaxldor, ayrim insonlar esa narsist yoki abyuzer bo'lishadi. Lekin, aslida bu ularning asl qiyofasi emas.
Budda bundan 2500 yil avval dunyoni ongimiz(ya'ni, ikki ko'zimiz, qulog'imiz, sezgilarimiz...) bilan idrok qilishimizni aytgan edi. Bizning ichki holatimiz atrofimizdagi dunyo haqidagi tasavvurimizni shakllantiradi.
Nima deb o'ylaysiz: kimdandir "Dunyo β juda rasvo joy". "Unda faqat yomon odamlar yashaydi" degan so'zlarni eshitgan odam o'zini qanday tuta boshlaydi?
Boshqalar undan hayiqib turishi uchun o'zini agressiv, qo'pol, xudbinlarcha tutishga, Amerika prezidentiday haybatli ko'rinishga urinadi.
Aynan shu so'zlarni Donald Trump'ning The Art of Deal kitobida o'qishingiz mumkin.
Donald Trump jaxldor, qo'pol, xudbin tuban inson bo'lib tug'ilmagan. U ham qachondir atrofdagilarning mehr-shafqat va sevgisiga muhtoj bir go'dak bo'lgan. Trump'ning jiyani, psixolog Mary Trump'ning aytishicha, Donald'ning otasi Fred Trump o'z farzandiga va boshqa bolalarga shafqatsiz munosabatda bo'ladigan sotsiopat bo'lgan.
Aslida, hech kim o'z-o'zidan yomon bo'lib qolmaydi. Yomonlik yo'lini tanlash bir baxona ham emas, shunchaki odamlar o'zi uchun ishlaydigan qulay bir mexanizm asosida yashashni afzal bilishadi.
P.S. Insonning xulq-atvori uning hayotiy, ayniqsa, bolalik tajribalari asosida shakllanadi.
@pslog