Maqtov o’zi nima? U bizga juda yaxshi tanish. Maqtov deganda qo’llab-quvvatlashni tushunamiz. Farzandimizni “qoyil”, “barakalla”, “ofarin” kabi so’zlar bilan maqtaymiz. Maqtov ko’nglimizni va kayfiyatimizni ko’taradi. Qancha ko’p maqtov eshitsak, shuncha xursand bo’lamiz. Xo’sh, maqtov haqida boshqa nima ham deyish mumkin?
Maqtovning ikki turi bor: Birinchi turidan kundalik hayotda ko’p foydalanamiz. Bunday maqtovlar sizga yaxshi tanish. Ular yosh-u qarilarga va ayniqsa, bolalarga juda yoqadi. Maqtovning siz bilmagan boshqa turi ham bor. Hozir aynan shu haqida gaplashamiz. Agar siz biror xulq-atvor yoki zararli odatni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, bu maqtov turi ancha samarali. Bunday maqtovning 3 ta o’ziga xos jihati bor:
1. Uning birinchi o’ziga xos jihati shundaki, u kichkintoylar uchun mo’ljallangan! Bunday maqtov quvnoq va jarangdor ovozda aytilishi kerak. “Barakalla!” Bunda ozgina qo’l harakati, yuz ifodasi va juda yuqori ohangdagi ovoz qatnashyapti. Keyingi jihatni ham e’tibordan chetda qoldirmang.
2. Aynan nimani maqtayotganingizni ayting. “Barakalla! O’yinchoqlarni xuddi men aytganday yig’ishtirib qo’yibsan”.
3. Uchinchi o’ziga xos jihati shundaki, siz non-verbal muloqotdan ham foydalanasiz. Boshni silab qo’yish, bag’ringizga bosish, o’pish yoki yelkaga urib qo’yish orqali o’z munosabatingizni bildirasiz.
Tadqiqotlarga ko’ra, biror xulq-atvorni yaxshisiga o’zgartirish uchun yuqorida sanab o’tilgan har uchala jihatdan birday foydalanish kerak.
Ammo shundan ogoh bo’ling: Bolani maqtamang, aksincha uning qilgan ishini maqtang. Oddiy misol. “O’zing aqilli bolasan-da, xonangni men aytmasam ham tozalab qo’yibsan.” Aslida, bola bu so’zlardan xafa bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, farzandingizda shu ishni qilganim uchun, meni yaxshi ko’rishadi, degan tushuncha hosil bo’lmasligi kerak. “Biz seni qanday bo’lsang, shunday yaxshi ko’ramiz”. Bola mehr-muruvvat qozonishim uchun nimadir qilishim kerak, degan fikrga bormasligi kerak!
https://azizapulatova.medium.com/maqtov-nima-uchun-kerak-843b05ae40cd