Umr juda tez oβtyapti! Hali u ishga, hali bu ishga shoβngβib vaqt qanday oβtganini sezmay qolamiz. Qisqa vaqt ichida koβproq ish qilishga harakat qilamiz.
Bir vaqtning oβzida bir necha ishni bajargan odam ularning birortasiga diqqatini jamlay olmaydi. Natijada sifat aziyat chekadi.
Bundan 10 yil ilgari multitasking rezyumeda ijobiy jihat sifatida qaralgan. Bugun esa olimlar uning unumsiz ekanligini isbotlashdi.
Negativlik(salbiy fikr) kreativlikni osongina boβgβishi mumkin. Bunga Uorner Brazers tomonidan yaratilgan multfilmlarning yaratilish gβoyasini misol qilib keltirish mumkin. Bugs Bunny multfilmi yaratilayotgan paytda juda oddiy bir qoida oβrnatilgan. Qoida shunday edi: oβrtaga tashlangan har qanday fikr tanqid qilinmaydi. Bu mualliflarga multfilm haqidagi istalgan gβoyani tanqidlardan qoβrqmay ochiq bayon etish imkoniyatini taqdim etgan. Oβzaro hurmat va ahil atmosferadagi ish koβplab kreativ gβoyalarning(va unchalik kreativ boβlmaganlarini ham) yaratilishiga zamin yaratgan. Ijod erkinligi biz hozirgacha sevib tomosha qiladigan multfilmlarning yaratilishiga yordam bergan.