TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 249 subscribers
Post #1413 365
Maqtov o’zi nima? U bizga juda yaxshi tanish. Maqtov deganda qo’llab-quvvatlashni tushunamiz. Farzandimizni “qoyil”, “barakalla”, “ofarin” kabi so’zlar bilan maqtaymiz. Maqtov ko’nglimizni va kayfiyatimizni ko’taradi. Qancha ko’p maqtov eshitsak, shuncha xursand bo’lamiz. Xo’sh, maqtov haqida boshqa nima ham deyish mumkin?

Maqtovning ikki turi bor: Birinchi turidan kundalik hayotda ko’p foydalanamiz. Bunday maqtovlar sizga yaxshi tanish. Ular yosh-u qarilarga va ayniqsa, bolalarga juda yoqadi. Maqtovning siz bilmagan boshqa turi ham bor. Hozir aynan shu haqida gaplashamiz. Agar siz biror xulq-atvor yoki zararli odatni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, bu maqtov turi ancha samarali. Bunday maqtovning 3 ta o’ziga xos jihati bor:

1. Uning birinchi o’ziga xos jihati shundaki, u kichkintoylar uchun mo’ljallangan! Bunday maqtov quvnoq va jarangdor ovozda aytilishi kerak. “Barakalla!” Bunda ozgina qo’l harakati, yuz ifodasi va juda yuqori ohangdagi ovoz qatnashyapti. Keyingi jihatni ham e’tibordan chetda qoldirmang.

2. Aynan nimani maqtayotganingizni ayting. “Barakalla! O’yinchoqlarni xuddi men aytganday yig’ishtirib qo’yibsan”.

3. Uchinchi o’ziga xos jihati shundaki, siz non-verbal muloqotdan ham foydalanasiz. Boshni silab qo’yish, bag’ringizga bosish, o’pish yoki yelkaga urib qo’yish orqali o’z munosabatingizni bildirasiz.

Tadqiqotlarga ko’ra, biror xulq-atvorni yaxshisiga o’zgartirish uchun yuqorida sanab o’tilgan har uchala jihatdan birday foydalanish kerak.

Ammo shundan ogoh bo’ling: Bolani maqtamang, aksincha uning qilgan ishini maqtang. Oddiy misol. “O’zing aqilli bolasan-da, xonangni men aytmasam ham tozalab qo’yibsan.” Aslida, bola bu so’zlardan xafa bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, farzandingizda shu ishni qilganim uchun, meni yaxshi ko’rishadi, degan tushuncha hosil bo’lmasligi kerak. “Biz seni qanday bo’lsang, shunday yaxshi ko’ramiz”. Bola mehr-muruvvat qozonishim uchun nimadir qilishim kerak, degan fikrga bormasligi kerak!

https://azizapulatova.medium.com/maqtov-nima-uchun-kerak-843b05ae40cd
Medium Maqtov nega kerak? Credits: Everyday parenting(Yale Course)
  • 👏 4
  • 👍 3
More from @pslog
  1. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  2. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  3. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  4. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  5. Sep 13, 2026photo post
  6. Aug 25, 2026“Inson nima uchun yashaydi?” asari haqida Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →