TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
931
Photos
723
Videos
80
Links
911

Showing posts older than #951 · Back to latest

Older Posts 10 shown
Post #950 569
Post #948 446

Forwarded from TY - Texno Yangiliklar UZB

Nano Banana uchun ulkan promtlar arxivi topildi 🍌
Har qanday vazifa uchun tayyor promtlar bor — barchasini bepul nusxalab, AI Studio’da ishlatish mumkin.

Hammasi kategoriyalarga bo‘lingan, qidiruv bor va katalog doim yangi g‘oyalar bilan yangilanadi.


⚡️🦾TY - Texno Yangiliklar 🇺🇿
  • 👍 1
Post #947 432

Forwarded from Texnologiyamidi

🚨 AGENTS.md - Yashirin Signal

Repositoryda AGENTS.md yoki CLAUDE.md fayli ko'rsangiz nima fikr qilasiz? Bu - AI agentlar bu yerda ishlaganligi belgisi.

🤖 Vaziyat

Hozir Github Copilot Agents kabi vositalar oddiy vazifalarni avtomatlashtirish uchun ishlatilmoqda. Lekin muammo bor:

Agents yaxshi ish qiladi:
✅ Unit testlar yozadi
✅ Kod o'zgartiradi
✅ Tez ishlaydi

Lekin ko'p bor qilmaydi:
❌ O'zi yozgan testlar ishlamayotganini sezmaydi
❌ Glob patternlar CI jobsga xalaqit berayotganini bilmaydi
❌ Windows'da xato chiqishini taxmin qilmaydi

📝 AGENTS.md nima?

Bu - agentlar uchun xotira fayli. Repositoryga qo'yiladi va keyingi agentlarga kod haqida ma'lumot beradi.

Yaxshi g'oya? Ha, lekin...

🔴 Ikki tomonlama qilish

Tajribali dasturchilar uchun AGENTS.md mavjudligi degani:

"Bu yerda agentlar ishlaganligi, kod sifati shubhali"

Chunki mavjud "vibe coding" muammosi:

Vibe coding - bu 100% AI yozgan kod, minimal yoki hech qanday inson nazoratisiz. Haqiqiy dahshat!

Ba'zilar buni tan oladi, lekin muammoning hajmini baholash qiyin.

🌲 Qorong'u o'rmon

Lekin yana bir haqiqat bor:

Sizning open-source loyihangizga Pull Request yuborayotgan dasturchilar ichida vibe coderlar ham bor. Ba'zilari bundan xabardor ham emas, chunki IDE'da LLM autocomplete default'da yoniq.

Shu holda AGENTS.md faylining mavjudligi sizni himoya qilishi mumkin!

Agar siz contributor qabul qiladigan loyiha maintainersiz:

• AGENTS.md agentlarga ko'rsatma beradi
• Ahmoqona xatolarning oldini oladi
• Code review'da tushunmay o'tkazib yuborish xavfini kamaytiradi

💭 Xulosa

AGENTS.md:
- Tajribali dasturchilar uchun - qizil bayroq (kod sifati shubhali)
- Maintainerlar uchun - himoya vositasi (agentlarga yo'l-yo'riq)

Vibe coderlardan qochib bo'lmaydi. Lekin ularning vibe'ini to'g'ri yo'nalishga burish mumkin.

Siz nima deb o'ylaysiz? Open-source loyihangizda AGENTS.md faylini qo'yasizmi?

🤔 Savol: Sizning loyihangizga AI yozgan PR kelganmi? Qanday farqladingiz?

#AI #OpenSource #CodeQuality #aytiBro
  • 👍 2
Post #940 601

Forwarded from TY - Texno Yangiliklar UZB

O‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlarga ataylab o‘rgatishib, qaramlik shakllantirilgan — bu Big Tech’ning ichki hujjatlaridan ma’lum bo‘ldi.

Zuckerberg kompaniyalari, Google, Snapchat va TikTok o‘smirlar ruhiyatiga zarar yetishini bilgan, ammo ularning qaramligini biznes strategiyasi sifatida ishlatgan. Bolalar “asosiy ustuvor yo‘nalish” deb atalgan, hatto 13 yoshli foydalanuvchi umr davomida qancha daromad keltirishi ham hisoblab chiqilgan.

Hujjatlarda hammasi ochiq yozilgan: avtoplay testlari, cheksiz lentalar, bildirishnomalar va hatto dars vaqtida o‘quvchilarni jalb qilish uchun maxsus “maktab mexanikalari”.

Mutaxassislar aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar “raqamli giyohvandlik”ka aylangan va o‘smirlar qaramligi to‘liq biznes modelining bir qismi bo‘lgan. Sud jarayonlari endi-endi Big Tech manipulyatsiyalarining haqiqiy ko‘lamini ochib bermoqda.


⚡️🦾TY - Texno Yangiliklar 🇺🇿
  • 👍 3
Post #939 583

Forwarded from Dr. Algorithm

Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz aynan shunday insonlar uchun o'zbek tilida kichkina qo'llanma tayyorlattirdim. Erinmang, o'qib ko'ring.
Sardor ogʻadan qoʻllanma.

👉 https://t.me/Sardoroga_blog/2986

Sardor ogʻa LLM yordamida kod yozish boʻyicha qoʻllanma tayyorlabdilar.
Qoʻllanma ham dasturchi ham dasturchi boʻlmaganlar uchun.

Oʻqib koʻring, foydalanib koʻring.

Trendda boʻlish hozirda juda muhim!

08.02.2026 London
@DrAlgorithm
Telegram Sardor Dushamov | PHP Assalomu alaykum Do'stlar, deyarli hamma chatgpt haqida eshitib bo'ldi. U bilan hamma narsa qilsa bo'ladi deb ham gaplashyapmiz, qilganlarni ko'ryapmiz. Lekin hali sinab ko'rmaganlar juda ko'p, eshitmaganlar ham. Imkoniyatini ham yaxshi bilmaymiz. AyTini…
  • 🔥 6
Post #938 6.04K
Post #937 565

Forwarded from Janob Musayev | Engineering Life

FAANG vs GenZ
yoki qanday qilib AI asosiy promoterlari AI startapni "chopgani" haqida

FAANG kompaniyalariga kirish uchun yillab Leetcode yechib tayyorgarlik ko'rish, bu usul shu darajada chirib ketganidan uning orqasidan real loyihada hech narsa eplolmaydigan lekin leetcode masalalarini robotdek yechadigan "zombi" dasturchilar yetishib chiqqani yangilik emas.

Boshqa tomondan g'arbda (ayniqsa Amerikada) GenZ vakillari "Biz 1980-yillardan qolib ketgan korporatsiya qoidalari bo'yicha o'ynamaymiz" deb korporatsiyalarga qarshi turli "urushlar" ochayotganini ham eshitgandirsiz.

Ana shunday qarama-qarshiliklardan birida o'tgan yili 21-yoshli yigitcha va FAANG kompaniyalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Asl ismi Chungin Lee, Kolumbiya Universiteti "Computer Science" talabasi bo'lgan Roy ham mantiqsiz Leetcode masalalaridan zerikib "F*ck Leetcode" degan AI startap ishlab chiqdi.

Qisqa tushuntirganda uning loyihasi Leetcode intervyulardan AI yordamida "cheating" qilib o'tib ketishga imkon beradi. Intervyu davomida dasturni ishga tushirasiz, u ekrandan masalani o'qiydi va sizga o'ylash jarayonidan tortib, yechimgacha chiqarib beradi. Dastur oynasi asosiy ekranda uyoqdan-buyoqqa harakatlanib ko'zingiz tabiiy harakatlanishini ham ta'minlaydi.

Eng qizig'i uni judayam rivojlangan onlayn coding platformalar "cheat detector"lari ham sezmaydi. Dastur ishlab turgan dasturlar ro'yxatida paydo bo'lmaydi, taskbarda ko'rinmaydi, xullas judayam zo'r o'ylab chiqilgan.

Roy o'zi yaratgan loyiha yordamida Google, Amazon va boshqa ko'plab FAANG intervyularidan o'tganini ham ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan. Shunda AWS (Amazon) va YouTube (Google) uning bu harakati ustidan universitetiga shikoyat qilib, uni universitetdan xaydalib ketishiga sabab bo'lishdi.

Albatta, bu narsa uni haqiqiy internet yulduziga aylantirdi va ko'pchilik u qilgan ish etik to'g'ri bo'lmasa ham u shu yo'l bilan Leetcode intervyulari qanchalik chirib ketgani, lekin FAANG bu usulga yopishib olganini ko'rsatdi deb chiqishdi.

Eng qizig'i bu harakat bilan FAANG o'zlarining qarashlariga qarshi borib kulgugiga qolishiga ham sabab bo'ldi. Chunki "We're looking for people who can disrupt the industries with unusual (AI based) ideas" deb bong uradigan kompaniyalar 21 yoshli "tirrancha" aynan ularning industriyasi AIga asoslangan g'oyasi bilan ag'dar-to'ntar qilib yuborganiga chiday olishmadi.

Xullas, mana shunaqa gaplar. Bizdagi GenZ ukalarim, siz ham AI yoki dasturlashni o'rganib "FAANGda $200k+ oylik bilan mazza qilib ishlab yuraman" deb emas "Qiladigan ishlarim ana shunday kompaniyalarni ham qaltiratib yuboradi" deb marrani katta olib harakat qilavering.

P.S: Roy loyihasi haliyam ishlayapti. Faqat biroz zerikarliroq nom ostida:
https://www.interviewcoder.co/

#faang_life #coding_interviews #industry_news

@Janob_Musayev
  • 👍 8
Post #936 623
Post #931 488

Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ

UzGeeks IT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi

😎Bugungi uchrashuvda vibe coding va sun'iy intellekt agentlari yordamida mahsulot qurish haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.

➡️ Uchrashuvda quyidagi spikerlar o‘z mavzulari bilan ishtirok etdi:
1️⃣Okay, Claude, million dollarlik startup qurib ber... — Mabrur Khayitboev (Founder @ Screenflow);
2️⃣Vibe Coding — Muhammadqodir Mahmudjanov (Founding engineer @ makon.ai);
3️⃣AI Agentlarga xotira qoʻshish — Aziz Mirzayev (Senior SWE @ EPAM Systems, co-founder of UzGeeks);
4️⃣Keyingi 2-3 yil ichida karyerangizni rivojlantiradigan muhim mahorat —Ramziddin Maxmudov (Full Stack SWE @ Supermiya, Truss).


➡️Taqdimotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • 👍 6
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →