TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 931 subscribers
Post #937 565

Forwarded from Janob Musayev | Engineering Life

FAANG vs GenZ
yoki qanday qilib AI asosiy promoterlari AI startapni "chopgani" haqida

FAANG kompaniyalariga kirish uchun yillab Leetcode yechib tayyorgarlik ko'rish, bu usul shu darajada chirib ketganidan uning orqasidan real loyihada hech narsa eplolmaydigan lekin leetcode masalalarini robotdek yechadigan "zombi" dasturchilar yetishib chiqqani yangilik emas.

Boshqa tomondan g'arbda (ayniqsa Amerikada) GenZ vakillari "Biz 1980-yillardan qolib ketgan korporatsiya qoidalari bo'yicha o'ynamaymiz" deb korporatsiyalarga qarshi turli "urushlar" ochayotganini ham eshitgandirsiz.

Ana shunday qarama-qarshiliklardan birida o'tgan yili 21-yoshli yigitcha va FAANG kompaniyalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Asl ismi Chungin Lee, Kolumbiya Universiteti "Computer Science" talabasi bo'lgan Roy ham mantiqsiz Leetcode masalalaridan zerikib "F*ck Leetcode" degan AI startap ishlab chiqdi.

Qisqa tushuntirganda uning loyihasi Leetcode intervyulardan AI yordamida "cheating" qilib o'tib ketishga imkon beradi. Intervyu davomida dasturni ishga tushirasiz, u ekrandan masalani o'qiydi va sizga o'ylash jarayonidan tortib, yechimgacha chiqarib beradi. Dastur oynasi asosiy ekranda uyoqdan-buyoqqa harakatlanib ko'zingiz tabiiy harakatlanishini ham ta'minlaydi.

Eng qizig'i uni judayam rivojlangan onlayn coding platformalar "cheat detector"lari ham sezmaydi. Dastur ishlab turgan dasturlar ro'yxatida paydo bo'lmaydi, taskbarda ko'rinmaydi, xullas judayam zo'r o'ylab chiqilgan.

Roy o'zi yaratgan loyiha yordamida Google, Amazon va boshqa ko'plab FAANG intervyularidan o'tganini ham ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan. Shunda AWS (Amazon) va YouTube (Google) uning bu harakati ustidan universitetiga shikoyat qilib, uni universitetdan xaydalib ketishiga sabab bo'lishdi.

Albatta, bu narsa uni haqiqiy internet yulduziga aylantirdi va ko'pchilik u qilgan ish etik to'g'ri bo'lmasa ham u shu yo'l bilan Leetcode intervyulari qanchalik chirib ketgani, lekin FAANG bu usulga yopishib olganini ko'rsatdi deb chiqishdi.

Eng qizig'i bu harakat bilan FAANG o'zlarining qarashlariga qarshi borib kulgugiga qolishiga ham sabab bo'ldi. Chunki "We're looking for people who can disrupt the industries with unusual (AI based) ideas" deb bong uradigan kompaniyalar 21 yoshli "tirrancha" aynan ularning industriyasi AIga asoslangan g'oyasi bilan ag'dar-to'ntar qilib yuborganiga chiday olishmadi.

Xullas, mana shunaqa gaplar. Bizdagi GenZ ukalarim, siz ham AI yoki dasturlashni o'rganib "FAANGda $200k+ oylik bilan mazza qilib ishlab yuraman" deb emas "Qiladigan ishlarim ana shunday kompaniyalarni ham qaltiratib yuboradi" deb marrani katta olib harakat qilavering.

P.S: Roy loyihasi haliyam ishlayapti. Faqat biroz zerikarliroq nom ostida:
https://www.interviewcoder.co/

#faang_life #coding_interviews #industry_news

@Janob_Musayev
  • 👍 8
More from @pro_aim
  1. Oct 14, 2026Har bir dasturchi ko’rishi kerak bo’lgan video! Basecamp asoschisi va texnik direktori, Ru…
  2. Oct 14, 2026video post
  3. Oct 14, 2026🇺🇿 Agrobank va AgroVentures tomonidan 500 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish…
  4. Oct 14, 2026AI Qadam Meetup #3: what stands around the model When we talk about AI, we almost always t…
  5. Oct 13, 2026Vaqt o'tishi juda tezlashib ketdi yoki qiziq ishlar bilan band bo'lib sezmayapmanmi? 🤔 Xu…
  6. Oct 13, 2026Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va DataCamp onlayn ta’lim platformasi o‘rtasida ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →