🇺🇿 Agrobank va AgroVentures tomonidan 500 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega korporativ akseleratorga arizalar qabuli ochildi
Qishloq xo‘jaligi, fintex yoki sun’iy intellekt sohasida yechimlar ishlab chiqayotgan, shuningdek, banklar va fermerlar uchun foydali mahsulotlar yaratayotgan startaplar Agrobank va AgroVentures tomonidan tashkil etilgan 12 haftalik dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Akseleratorda ishtirok etish uchun 20 tagacha startap saralab olinadi.
🚀 Ishtirokchi jamoalar Agrobank bilan birgalikda pilot loyihalarni amalga oshiradi va o‘z yechimlarini investorlarga taqdim etadi. Jahon darajasidagi tajribali ekspertlar dastur mentorlari bo‘lishadi.
📌 Dasturda ishtirok etish bepul.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan startaplar 500 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
⏰ Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 9-noyabrgacha
🚀 Ariza yuborish
------------------------------------
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#imkoniyatlar
Post #1757
222
