TGViewer
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati @poytaxt_uz · 25.7K subscribers
Post #53630 1.12K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Ilk bosqichda “yashil” quvvatlarni tez yaratish uchun loyihalar ko‘pincha investorlar taklif qilgan hududlarda joylashtirildi. Bu ko‘plab sarmoya jalb etish imkonini berdi. Biroq ayrim joylarda quvvatlar to‘planib, elektrni boshqa hududlarga yetkazish xarajatlari oshdi.

– Bizga alohida-alohida elektr stansiyalari emas, uzviy bog‘langan energetika tizimi kerak,

– dedi Prezidentimiz.

Endi qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalashtirilib, tayyor loyihalar ochiq tanlovga chiqariladi.

Tanlovga qo‘yiladigan har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va muddati, elektrni xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun talablar teng bo‘ladi, to‘lov intizomi va xatarlarni kamaytirish mexanizmlari mustahkamlanadi.

Yaqinda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol stansiyasining loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi. Davlatimiz rahbari investorlarni ularda ishtirok etishga taklif qildi.

Facebook|Instagram|X
  • 👍 2
More from @poytaxt_uz
  1. Oct 17, 2026🇺🇿 🇺🇿 Xayrli tong, ona shahrim! — 🇺🇿 🇺🇿 Доброе утро, родной Ташкент! YouTube | Fac…
  2. Oct 16, 2026#Ахборот24 | 14.10.2026 Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов, нап…
  3. Oct 16, 2026#Axborot24 | 14.10.2026 Davlatimiz rahbariga Toshkentda mahallalar va ijtimoiy infratuzilm…
  4. Oct 16, 2026Prezidentimiz yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan muloqot qildi. — Президен…
  5. Oct 16, 2026🤔 Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashtirildi: firma nomi, faoliyat turi, tov…
  6. Oct 16, 2026Talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglanib, takliflar o‘rganildi Oliy ta’lim muass…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →