Talabalar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglanib, takliflar o‘rganildi
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan talabalar turar joylarida hamda ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi.
Muloqotlar davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning yashash sharoiti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va ta’lim olish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.
Yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar bilan suhbatlarda ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, ijtimoiy faolligini oshirish, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Post #53633
1.63K








