TGViewer
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati @poytaxt_uz · 25.7K subscribers
Post #53642 4.12K
🤔 Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashtirildi: firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi

📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktyabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish tartibiga tadbirkorlar uchun qulaylik yaratuvchi bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

🟢Qarorda qanday yangiliklar nazarda tutilgan?

▫️Peshlavhalar uchun pasport talab etilmaydi.
Tadbirkor o‘zi foydalanayotgan bino yoki inshootning tashqi qismiga, kirish joyiga o‘rnatgan firma nomi, tovar belgisi va faoliyat turi haqidagi peshlavha tashqi reklama hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun: reklama obyektiga e’tiborni jalb qilish, unga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish yoki qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot – reklama hisoblanadi.


▫️Avtotransportda reklama joylashtirish osonlashtirildi.
Yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli transport vositalariga tovar belgisi, faoliyati, mahsulot va xizmatlari haqidagi reklamani soddalashtirilgan tartibda joylashtirishi mumkin. Buning uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron xabarnoma yuboriladi.

▫️Vaqtinchalik reklama muddatlari belgilandi.
Qurilish obyektlarida reklama qurilish yakunlanguniga qadar, bayram va tadbirlarga oid reklamalar esa 30 kungacha joylashtirilishi mumkin.

▫️“Dizayn-kod”ga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.
O‘zgartirishlar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi va rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Toshkent shahrining “dizayn-kodi” 10-dekabrga qadar tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

▫️Reklama konstruksiyalarini majburiy demontaj qilish tartibi aniqlashtirildi.
Demontaj sanasi va vaqti kamida 2 kun oldin e’lon qilinadi hamda mulkdorga yozma xabar beriladi. Demontaj faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi. Jarayon bo‘yicha reklama egasi ishtirokida tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

🖥Shuningdek, tashqi reklamalarning joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazorati “Xalq nazorati” elektron portali orqali amalga oshiriladi.

📄Qarorning to'liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
  • 👍 5
  • 👏 1
More from @poytaxt_uz
  1. Oct 17, 2026📊 16-oktyabr holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari 📊 16-oktyabr holatig…
  2. Oct 17, 2026📊 Показатели портала «Xalq nazorati» по состоянию на 16 октября 📊 По состоянию на 16 окт…
  3. Oct 17, 2026🛒 Chilonzor tumanida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etiladi Toshkent sha…
  4. Oct 17, 2026🩸"Kimgadir umid, kimgadir hayot sotib olib bölmaydi, lekin uni HADYA qiliş mumkin!" 19-ok…
  5. Oct 17, 2026💧 Suv jo‘mragimizgacha yetib kelguncha qanday ishlar bajariladi? 👏Toshkentda suv ta’mino…
  6. Oct 17, 2026🇺🇿 🇺🇿 Xayrli tong, ona shahrim! — 🇺🇿 🇺🇿 Доброе утро, родной Ташкент! YouTube | Fac…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →