🇺🇿
Yechimga yetaklovchi muloqot: fuqarolar qabulining ikkinchi kuni🇺🇿Bugun Toshkent shahrida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan shaxsiy qabulning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Prezident Administratsiyasi rahbari qabuliga kirishni so‘ragan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
💬Qabul davomida 100 nafarga yaqin fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Ular fuqarolar va ularning farzandlarini davolash, uy-joy bilan ta’minlash, subsidiya ajratish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
▫️Har bir murojaat ortida inson salomatligi, oila farovonligi va yaqinlarining kelajagi bilan bog‘liq muayyan hayotiy vaziyat turibdi. Shu sababli har bir masala fuqaroning holati, ehtiyoji va mavjud imkoniyatlar hisobga olingan holda individual tartibda ko‘rib chiqildi.
✔️Bugun ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 75 % qabul davomidayoq amaliy yechim topdi. Shu bilan birga, birinchi kun yakunlari bo‘yicha ishlar ham davom ettirildi: kecha hal etilgan masalalarga qo‘shimcha ravishda, batafsil o‘rganishni talab qilgan yana 10 ta murojaat bugun ijobiy hal qilindi.
🤔Qo‘shimcha o‘rganish va idoralararo hamkorlikni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Barcha murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va yakuniy yechimga yetkazilishi nazoratga olindi.
💬Fuqarolarni bevosita tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va zarur ko‘makni o‘z vaqtida ko‘rsatish davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan inson manfaatlarini ta’minlash siyosatining muhim tamoyilidir.
⸻
🇺🇿
Диалог, ведущий к решению: второй день приёма граждан🇺🇿Сегодня состоялся второй день личного приёма хокимом города Ташкента жителей, ранее обратившихся с просьбой о приёме Президента Республики Узбекистан и Руководителя Администрации Президента.
💬В ходе приёма рассмотрены обращения около 100 человек. Они касались лечения самих заявителей и их детей, обеспечения жильём, выделения субсидий и оказания социальной помощи и др.
▫️За каждым обращением стоит конкретная жизненная ситуация, связанная со здоровьем, благополучием семьи и будущим близких. Поэтому каждый вопрос рассматривался индивидуально — с учётом обстоятельств человека, его потребностей и имеющихся возможностей.
✔️Из обращений, рассмотренных сегодня, 75% получили практическое решение непосредственно в ходе приёма. Одновременно продолжилась работа по итогам первого дня: дополнительно к вопросам, решённым вчера, сегодня положительно разрешены ещё 10 обращений, потребовавших более детального изучения.
🤔По вопросам, требующим дополнительной проработки и межведомственного взаимодействия, ответственным лицам даны конкретные поручения и определены сроки исполнения. Рассмотрение каждого обращения и его доведение до окончательного решения взяты на контроль.
💬Прямой диалог с гражданами, поиск практических решений их проблем и своевременное оказание необходимой помощи — важнейшие принципы политики обеспечения интересов человека, определённой главой государства Шавкатом Мирзиёевым.
YouTube |
Facebook |
Instagram |
Web-site |
Telegram-bot