#Opening_ceremony
FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi!
⭐️ Bugun ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X.Shakirov, Samarqand viloyat Hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
➖ Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada fizika fanidan tashkil etilmoqda.
📢Olimpiadaga dunyoning 15 ta mamlakati — 🇨🇳 Xitoy, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇼 Quvayt, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇱🇻 Latviya, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mongoliya, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇴 Ruminiya, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇻🇳 Vyetnam, davlatlaridan kelgan hamda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi.
❗️ Olimpiada bahslari 12- va 14-oktabr kunlari 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.
⭐️ Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan.
👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor









