🏛 Tarixga sayohat — bilim va taassurotlarga boy tashrif!
📚 7-oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o‘quvchilari tarix darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdilar.
🔎 Muzey eksponatlari bilan tanishish davomida o‘quvchilar Farg‘ona vodiysining boy tarixi, tabiati va madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tarixiy buyumlar va ko‘rgazmalar darslarda o‘rganilgan mavzularni yanada yaxshiroq anglash, o‘tmish hayotini tasavvur qilish imkonini berdi.
✨ Mazkur tashrif o‘quvchilarning tarix faniga qiziqishini oshirish, kuzatuvchanligini rivojlantirish hamda madaniy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Bilim va taassurotlarga boy sayohat yoshlarni ajdodlarimiz merosini chuqurroq o‘rganishga undadi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
Post #22913
358




