TGViewer
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! @pmfergana · 1.75K subscribers
Post #22934 237

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

🇺🇿🇨🇦Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Kanadaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Kanadaning quyidagi universitetlari delegatlari ishtirok etdi:
➖ Saint Mary's University vakili May Zaw
➖ Simon Fraser University vakili Dina Thompson
➖ York University vakili Sunera Ali

Muzokaralar davomida quyidagi muhim masalalar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi:
✅ Ta'lim grantlari va qabul: Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun Kanada universitetlariga qabul jarayonida maxsus shartlar yaratish hamda ta'lim grantlari (scholarships) ajratish masalalari.
✅ Almashinuv dasturlari: O'quvchilar uchun Kanada va O'zbekiston o'rtasida yozgi oromgohlar tashkil etish hamda talabalar tashriflarini yo'lga qo'yish.
✅ Malaka oshirish: Maktab maslahatchilari (school counselors) hamda STEM fanlari o'qituvchilari uchun xalqaro tajriba asosida maxsus treninglar o'tkazish.
✅ Rasmiy hamkorlik: Har uchala universitet bilan rasmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Hamkorlik memorandumlarini (MoU) imzolash imkoniyatlari.

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @pmfergana
  1. Oct 13, 2026«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘…
  2. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
  3. Oct 13, 2026❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Resp…
  4. Oct 13, 2026FIPhO 2026: Olimpiadaning amaliy bosqichi yakunlandi! 🌍Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘…
  5. Oct 13, 2026#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi…
  6. Oct 13, 2026#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →