TGViewer
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! @pmfergana · 1.75K subscribers
Post #22945 222

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI

🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. TED va TED-Ed formatlaridan ilhomlangan loyiha yoshlarning dolzarb masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini erkin ifoda etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi va ularni keng auditoriyaga yetkazishi uchun imkoniyat yaratadi.

💡 Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar, tarix va shaxsiyat, shaxsiy qarashlar hamda jamiyat va maktab hayotiga oid yo‘nalishlarda o‘z g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning fikrlash madaniyati, nutq ko‘nikmalari va o‘z g‘oyalarini asosli ravishda ifoda etish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tish 17-oktabrga qadar davom etadi. Ishtirok etish shartlari va barcha talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @ovozadm1n.

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @pmfergana
  1. Oct 13, 2026Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Chal…
  2. Oct 13, 2026“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi Ja…
  3. Oct 13, 2026O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — “SILK ROAD UNIVERSITY FAIR” XALQARO TA’LIM FORUMI! Ixtisoslashtiri…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari! Janu…
  5. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →