TGViewer
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! @pmfergana · 1.75K subscribers
Post #22946 252

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari!

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida qariyb 200 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan "FIRST Global Challenge 2026" xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi!

🥇 Terma jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi. Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball to‘pladi va musobaqa rekordini qayd etdi.

➖ Quvonarlisi, terma jamoa a’zolaridan biri — Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi ishtirokchisi hisoblanadi. U mamlakatimiz yoshlarining yuksak salohiyati va erishayotgan muvaffaqiyatlari e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🟡 Mazkur g‘alaba yoshlarimizning ilm-fan, robototexnika va muhandislik sohalaridagi salohiyatini, shuningdek, O‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaralarini yana bir bor namoyon etadi.

👏 Umarbekni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz! Kelgusida ham yangi yutuqlar va ulkan marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @pmfergana
  1. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
  2. Oct 14, 2026Фарғонада ёшлар учун халқаро таълим имкониятлари кенг тарғиб қилинмоқда! Мамлакатимизда иқ…
  3. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri E…
  4. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  5. Oct 14, 2026📣 HURMATLI FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARI! 🔬 Laboratoriya va amaliy mash…
  6. Oct 14, 2026"FIPhO 2026" olimpiadasining nazariy bosqichi bo'lib o'tmoqda. ⚡️Al-Fargʻoniy nomidagi Xal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →