TGViewer
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! @pmfergana · 1.75K subscribers
Post #22905 309

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
More from @pmfergana
  1. Oct 13, 2026Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vak…
  2. Oct 13, 2026❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Resp…
  3. Oct 13, 2026FIPhO 2026: Olimpiadaning amaliy bosqichi yakunlandi! 🌍Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘…
  4. Oct 13, 2026#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi…
  5. Oct 13, 2026#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi…
  6. Oct 12, 2026🎓 SAT VA AP DAY: PLENAR SESSIYALAR BOSHLANDI 📍 Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →