TGViewer
Channel Public Channel
Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

@sbaxodirovna

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari:

• https://taplink.cc/sevarashakirova
Subscribers
5.26K
Photos
247
Videos
17
Links
69
Recent Posts 4 shown
Post #287 39.9K
#Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi

💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!


“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.

Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.

💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!

✅Rasmiy sahifalar
  • 👏 29
  • 👍 18
  • ❤ 9
  • 😐 6
  • ⚡ 5
  • 💯 4
  • 🎉 2
  • 😁 1
Post #286 36.3K
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT!

Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!

Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!


Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.

Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.


Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!

✅Rasmiy sahifalar
  • ❤ 32
  • 👍 23
  • 💯 4
  • ⚡ 1
  • 👌 1
Post #274 8.94K
#YagonaVatan35

🇺🇿 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI — O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi bilan birgalikda barchamiz uchun quvonchli va muhim voqeaga guvoh bo‘ldik.

🎓 Universitetimiz Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha nufuzli tashkiloti — Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) tomonidan xalqaro institutsional akkreditatsiyaga sazovor bo‘ldi. Eng muhimi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimizda ushbu akkreditatsiyani qo‘lga kiritgan birinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

Bugun ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan universitetda QAA xalqaro akkreditatsiya sertifikatini tantanali topshirish marosimini ochib berdim. Tadbirda universitetning Faxriy prezidenti doktor Wolfgang Herrmann, universitet rektori Bahodir Ahmedov, professor-o‘qituvchilar, talabalar, hamkasblarimiz va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Bu natija ortida katta mehnat, mas’uliyat va ta’lim sifatini xalqaro mezonlar darajasiga olib chiqish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar turibdi. QAA tomonidan berilgan xalqaro e’tirof universitetimizda shakllantirilayotgan akademik muhit va sifatga qaratilgan yondashuvning muhim natijasidir.


🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq barchamiz uchun alohida ahamiyatga ega. Ishonamanki, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bundan keyin ham xalqaro ta’lim va ilm-fan maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlab, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlarni tayyorlashda davom etadi.

✅ Rasmiy sahifalar
  • 👍 24
  • 👏 13
  • ❤ 5
  • 🎉 5
Post #264 84K
#avgust_kengashi

🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.

Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.

Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.


❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik.

❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.

❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik.

❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.


Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi.

Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.

Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.


🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.

✅ Rasmiy sahifalar
  • 👍 40
  • 👏 14
  • ❤ 12
  • 🤝 2
  • ⚡ 1
  • 💯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @sbaxodirovna without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sevara Shakirova: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sevara Shakirova have?
Sevara Shakirova (@sbaxodirovna) has 5.26K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sevara Shakirova know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →