TGViewer
Sevara Shakirova Sevara Shakirova @sbaxodirovna · 5.23K subscribers
Post #286 37.6K
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT!

Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!

Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!


Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.

Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.


Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!

✅Rasmiy sahifalar
  • ❤ 35
  • 👍 24
  • 💯 4
  • ⚡ 1
  • 👌 1
More from @sbaxodirovna
  1. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  2. Oct 1, 2026#Ustoz_va_murabbiylar_kuni 💐 HAR BIR YUTUQ ORTIDA USTOZ BOR Aziz ustozlar, qadrli murabbi…
  3. Sep 20, 2026#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi 💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ! “Yil o‘qit…
  4. Aug 28, 2026#YagonaVatan35 🇺🇿 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI — O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI! 🇺🇿 Mustaq…
  5. Aug 25, 2026#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhamma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →