#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 HAR BIR YUTUQ ORTIDA USTOZ BOR
Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Faoliyatim davomida bir haqiqatga ko‘p bor amin bo‘ldim: o‘quvchining katta yutug‘i hech qachon o‘z-o‘zidan kelmaydi. Uning ortida albatta ustozning mehnati, sabri, ishonchi va tinimsiz izlanishi turadi.
O‘quvchimiz xalqaro olimpiadada medal olganida, nufuzli universitet talabasi bo‘lganida, yangi g‘oya yoki kashfiyoti bilan e’tirof etilganida biz uning muvaffaqiyatidan quvonamiz. Ammo ana shu natijagacha bo‘lgan uzoq yo‘lda unga bilim bergan, xatosini to‘g‘rilagan, ba’zan ruhlantirgan, ba’zan esa shunchaki “Sen buni uddalaysan!” deb ishongan ustoz bor.
Shuning uchun men uchun ta’limdagi eng katta kuch — bu o‘z kasbini sevadigan, shogirdining kelajagiga befarq bo‘lmagan ustozdir.
Bugun Agentlik tizimida ana shunday fidoyi pedagoglar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman. O‘quvchilarimiz erishayotgan har bir natijada sizlarning munosib hissangiz bor.
Qadrli ustozlar!
Sizlarga shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yashash baxti nasib etsin. Oilangizga xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga esa yangi kuch va muvaffaqiyatlar tilayman.
Siz bergan bilim bir kun kelib natijaga, siz bildirgan ishonch esa katta orzularga aylanadi.
✅Rasmiy sahifalar
Post #288
25.1K

- 👍 50
- ❤ 30
- 👏 6
- 🎉 5
- 🤝 2