✨ AVGUST KENGASHI: ILG‘OR TAJRIBA, TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusidagi Avgust kengashi — o‘quv-seminari doirasidagi mashg‘ulotlar davom etmoqda.
✅Dastlab Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Maktablarni boshqarish, ta’lim sifatini oshirish va samarali tajribalarni tizimdagi boshqa ta’lim muassasalarida qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish hamda inventarizatsiya jarayonlarini school.piima.uz portali orqali tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Ta’lim sifatini boshqarishda monitoring va tahlilning ahamiyati, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting yuritish hamda natijadorlikni oshirish mexanizmlari ham mashg‘ulotlarning muhim mavzularidan bo‘ldi.
✅ Bundan tashqari, “HR siyosati — pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlari” mavzusida maktab jamoasi bilan samarali ishlash va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor






