TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.9K subscribers
Post #32705 8.83K
#FIPhO_2026
#Opening_ceremony

FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi!

⭐️ Bugun ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X.Shakirov, Samarqand viloyat Hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.


➖ Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada fizika fanidan tashkil etilmoqda.

📢Olimpiadaga dunyoning 15 ta mamlakati — 🇨🇳 Xitoy, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇼 Quvayt, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇱🇻 Latviya, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mongoliya, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇴 Ruminiya, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇻🇳 Vyetnam, davlatlaridan kelgan hamda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi.

❗️ Olimpiada bahslari 12- va 14-oktabr kunlari 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.

⭐️ Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan.

👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
More from @piimauz
  1. Oct 12, 2026😊 TOSHKENTDA ILK BOR SAT VA AP DAY XALQARO TADBIRI O‘TKAZILMOQDA 📍 Bugun Toshkent shahri…
  2. Oct 12, 2026🌿 “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” ISHTIROKCHISIDAN IELTS 8.5! “Prezident iqtidorli farz…
  3. Oct 11, 2026#Rahbar_kubogi 🏆 ANDIJONDA “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI 🎓…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →