🏆 ANDIJONDA “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏓 Musobaqada Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari mini-futbol, stol tennisi hamda shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro bellashib, sportdagi mahorat va iqtidorlarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor




