TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.8K subscribers
Post #32741 5.56K

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi.

Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
More from @piimauz
  1. Oct 13, 2026FIPhO 2026: Olimpiadaning amaliy bosqichi yakunlandi! 🌍Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘…
  2. Oct 13, 2026#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi…
  3. Oct 13, 2026🦅 YANA BIR PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISIDAN IELTS 8.0! 🎓 Qarshi shahridagi Prezident makt…
  4. Oct 12, 2026🎓 SAT VA AP DAY: PLENAR SESSIYALAR BOSHLANDI 📍 Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College…
  5. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  6. Oct 12, 2026#Tajriba_hamkorlik 🔶 TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA TAJRIBA ALMASHISH VA HAMKORLIK 🎓 Ixti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →