📍 Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xalqaro tadbiri doirasida plenаr sessiyalar o‘z ishini boshladi.
🎤 Sessiyalar davomida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Nursulu Baltabayeva O‘zbekistonda maktab maslahatchilarining o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ularning o‘quvchilarni xalqaro universitetlarga yo‘naltirishdagi vazifalari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.
🌐 Tadbirda Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilari ham faol ishtirok etmoqda. Ular nufuzli xalqaro universitetlarga qabul jarayonlari, TOP universitetlarga kirish talablari hamda o‘quvchilarni ushbu jarayonga tayyorlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.
✅ Bunday muloqotlar maktab maslahatchilarining tajribasini oshirish, xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish va o‘quvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal






