📍 Bugun Toshkent shahridagi Azimut Grand Hotel mehmonxonasida College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xalqaro tadbiri o‘z ishini boshladi.
➖ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz hamda College Board hamkorligida tashkil etilgan tadbirda SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari, xalqaro universitetlarga qabul jarayonlari hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari muhokama qilinmoqda.
🫥Tadbirning ochilish marosimida Agentlik direktori Sevara Shakirova SAT va AP dasturlari Agentlik o‘quvchilarining xalqaro universitetlarda tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish, akademik bilimlarini mustahkamlash va kelajakdagi ta’lim maqsadlariga erishishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal






