🌿 UCH VILOYATDA “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURI DOIRASIDA SAYYOR QABULLAR O‘TKAZILDI
🇺🇿 Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabullar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarning milliy dastur va ta’lim sohasiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga e’tibor qaratildi. Ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimiga doir fikr-mulohazalar muhokama qilindi.
Murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, bildirilgan masalalarni batafsil o‘rganish hamda vakolat doirasida hal etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli vazifalar belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning takliflarini o‘rganish va murojaatlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor






