🏆 “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASINING JIZZAX VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, muhandislik, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida “Rahbar kubogi” musobaqasining Jizzax viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘quvchilar mini futbol va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra, respublika bosqichiga yo‘llanmani quyidagilar qo‘lga kiritdi:
⚽️ Mini futbol bo‘yicha:
— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Jizzax filiali jamoasi.
♟ Shaxmat bo‘yicha:
— Otabek Oybekov — Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
— Hadicha Yo‘ldosheva — Do‘stlik tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor