🎓 XORIJDA TA’LIM OLISH IMKONIYATLARI — O‘QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT
“El-yurt umidi” jamg‘armasining mas’ul xodimlari ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, ularga kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini tanlash va xorijda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashishdan iborat.
Muloqot davomida xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor