🎓 Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova Navoiy shahridagi Muhandislik maktabi hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Navoiy filiali faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔅Xususan, Muhandislik maktabida 10-sinf o‘quvchilarining oliy ta’lim fanlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishi, jumladan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tashrif doirasida Muhandislik maktabi direktori lavozimiga tayinlangan Dilyara Tuxfatullina maktab rahbari sifatidagi asosiy vazifalari, xizmat majburiyatlari va vakolatlari bilan tanishtirildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor






