✅Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Ozarbayjonning nufuzli ADA universiteti vakili Fuad Hajiyev bilan uchrashdi.
🔊Muloqot davomida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli musobaqalar hamda ilmiy loyihalarda erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuvda ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan:
🔹 o‘quvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun ikki tomonlama akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 iqtidorli yoshlarning ADA universitetida to‘liq grant asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹 o‘quvchilarning xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝Tomonlar kelgusida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor



