🇺🇿 O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “To quyosh sochgayki nur” nomli adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etdi. Unda shoirning hayot va ijod yo‘li, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi hamda boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi.
Shoir haykali poyiga gullar qo‘yildi, uning she’rlari asosidagi kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Erkin Vohidovning boy ijodiy merosi yosh avlod uchun muhim ma’naviy maktab bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor






