“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova hamda jamg‘arma vakillari ishtirokida Samarqand shahridagi Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filialida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda o‘quvchilar bilan xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarga o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish, xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda kelajakdagi maqsadlariga erishish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor





