🏆 “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Rahbar kubogi” sport musobaqasining viloyat bosqichi Guliston shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘quvchilar mini-futbol va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Bellashuvlar do‘stona va sog‘lom raqobat ruhida o‘tib, o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda faol turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

